

"Birinchidan, "Yuventus" birinchi bo'limda ustunlik qildi deya olmayman. Maydonda teng kurash kechdi. Biz birinchi bo'lib gol urdik. Keyin ular hisobni tenglashtirishdi va bunday eyforiyaga tushib qolishdi. Tanaffusda Zidan to'pni ko'proq nazorat qilib, o'zimizning o'yinimizni ko'rsatish kerakligini aytdi. Isko menga yordam berish va Modrich markazroqda o'ynashi uchun chap qanotga o'tdi" - deydi Marselo.
"Real" bu bahsda 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.



