Marselo: “Real” - mening uyim”
22 apr 2019 07:23
Yangiliklar


Marselo: “Real” - mening uyim”
“Real” himoyachisi La Liga 33-turida “Atletik B”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Jamoadan ketishga hozirlik ko'ryapmanmi? Kelajagim haqida gapirish menga kerak emas. Boisi men bu libosni kiyganimda qay darajada baxtli bo'lishimni hamma biladi. “Real” — mening uyim. Men hatto maydonga tushmagan vaqtlarimda ham jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlashni to'xtatmaganman. Benzema? Biz uning qanday sifatlarga ega ekanligi va jamoaga nimalar berayotganligini yaxshi bilamiz. U bizning etakchilarimizdan biri. Uning gollaridan xursandman. Ammo Benzema o'z gollaridan emas, balki jamoaga kerak bo'lgan g'alaba qo'lga kiritilganidan ko'proq xursand bo'ladi”,—deydi Marselo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar