"Marsel" 4 nafar futbolchi bilan xayrlashadi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 15:57
Ular o'zlariga yangi klub izlashlari kerak.

"Marsel" ijaraga olingan 4 nafar futbolchi bilan hisoblashmayapti. Buni jamoa sport direktori Xaver Ribalta ma'lum qildi.

"Isaak Ture jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi, uning kelajagi haqida keyinroq qaror qabul qilamiz. Pap Geye imkoniyatga ega bo'lishi mumkin. O'tgan mavsumda ijaraga olingan qolgan o'yinchilar imkon qadar tezroq o'zlari uchun echim topishlari kerak", – dedi funkcioner.

Bular Jordan Amavi ("Xetafe"), Pol Lirola ("Elche"), Salim Ben-Segir ("Valansen") va Konrad de la Fuente ("Olimpiakos").

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Provеnce