Marotta: "Vidal "Real"ga o'tmaydi, chunki "Yuventus" kuchliroq"
23 may 2015 11:28
Yangiliklar


Marotta: "Vidal "Real"ga o'tmaydi, chunki "Yuventus" kuchliroq"
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning takidlashicha, jamoa yarim himoyachisi Arturo Vidal Turin klubini tashlab "Real"ga o'tishni istamaydi.
"Vidal ham, boshqa futbolchilar ham "Real"ga o'tmaydi, chunki "Yuventus" kuchliroq" - deydi turinliklar bosh direktori.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" CHempionlar ligasi yarim finalida "Real"ni mag'lubiyatga uchratib finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Fikrlar