Marotta: "Qog'ozda "Barselona" kuchliroq, ammo futbolni oldindan aytib berib bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
14 may 2015, 11:10
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta o'z jamoasining "Real" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng final haqida fikr bildirdi.
"Chempionlar ligasi finali natijasiga ko'p narsa bog'liq. Masalan bugun juda issiq bo'ldi. Hal qiluvchi bahsga jismoniy jihatdan to'liq tayyor bo'lish kerak. "Barselona" va "Real" Ispaniya chempionligi uchun kurashishmoqda, bu borada bizga oson bo'lishi aniq. Qog'ozda "Barselona" kuchliroq, ammo futboldagi bazi jihatlar jamoalarning tarozu pallasini bosadi va bu omadga bog'liq. Qur'a bizni "Real" bilan to'qnashishimizni hal qilganda, ko'pchilik "Yuventus"ning g'alabasini kutmagan edi. Ko'ramiz, "Barselona" bilan o'yinda nima bo'lar ekan" - deydi Marotta.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com