Marokash terma jamoasi futbolchisi qamaldi
24 fev 2024 09:01
Yangiliklar
Marokash terma jamoasi futbolchisi qamaldi
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ilyas SHair odamga hujum qilgani uchun jinoiy jazo oldi, deb xabar bermoqda BBC.
Manbaga ko'ra, voqea 2020 yilda Antverpenda (Belgiya) sodir bo'lgan. Ilyas tatilda bo'lgan vaqtida Nils T. bilan janjal kelib qolgan. O'zaro janjaldan so'ng futbolchi Nilsning boshiga tosh bilan urgan, shundan so'ng jabrlanuvchi og'ir ahvolda shifoxonaga etkazilgan. SHifokorlar jabrlanuvchini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.
Belgiya shahri sudi Ilyas SHairni bir yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi KPR safida barcha turnirlar doirasidagi 31 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar