Marokash bosh murabbiyi O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?
29 mar 2018 11:13
Yangiliklar
Marokash bosh murabbiyi O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?
Uchrashuvdan keyin marokashliklar bosh murabbiyi Erve Renar football365.fr nashriga fikrlarini bildirdi.
"G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Hech qachon oson o'yin bo'lmaydi. Biz o'zimiz uchun juda foydali uchrashuv o'tkazdik. Juma kuni Serbiyaga qarshi bahs olib borgandik. O'zbekistonga qarshi bahsga esa tarkibning 95 foizini o'zgartirdik. Men o'z g'oyalarim ortidan oxirigacha boraman. Jahon chempionatiga etarlicha vaqt bor, hozircha tarkibda jarohatlar yo'q. Oldimizda o'yinlar bor, unda biz tarkib tanlash borasida yaxshi qarorlar chiqarishimiz kerak. Har bir uchrashuvga tarkib tanlash - bu mening ishim", - dedi Renar.
Eslatib o'tamiz, Marokash va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida afrikaliklar g'alaba qozonishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar