Marlen CHobanov: "Terma jamoaga chaqirilganimdan bag'oyatda xursandman"
14 noy 2021 20:05
Yangiliklar
Marlen CHobanov: "Terma jamoaga chaqirilganimdan bag'oyatda xursandman"
"Ilk marta terma jamoaga chaqirilganimdan bag'oyatda xursandman. Jamoa juda ahil va bu menga yoqyapti. Murabbiylarning ko'rsatmalariga amal qilishga harakat qilamiz.
Raqibimiz kuchli, har holda Evropa terma jamoasi. Ularga qarshi o'yinga jiddiy hozirlik ko'ryapmiz.
Terma jamoada yaxshi raqobat bor, buni yaxshi tushunaman. Maydonda bor kuchimni sarflab, ijobiy xislatlarimni ko'rsatishga intilaman va O'zbekiston terma jamoasi sharafini munosib ravishda himoya qilaman", – dedi CHobanov.
Eslatib o'tamiz, Rustam Ashurmatov viza bilan bog'liq muammolar tufayli bu galgi yig'inda ishtirok etolmasligi oydinlashgach, uning o'rniga “Paxtakor” klubi azosi Marlen CHobanov termaga jalb etilgan edi.
Gruziya hamda O'zbekiston o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar