So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Marko Stanoevich: “AGMKga deyarli imkoniyat qoldirmadik” Yangiliklar

Marko Stanoevich: “AGMKga deyarli imkoniyat qoldirmadik”

Coca Cola Superliga 20-turidan o'rin olgan “Nasaf” – AGMK uchrashuvi shiddatlarga va kurashlarga boy tarzda o'tdi.

Markaziy maqomni olgan ushbu uchrashuvda Marko Stanoevich va Oybek Bozorovning gollari “Nasaf”ga muhim bo'lgan g'alabani taqdim qildi. Mazkur bahsdan so'ng mehmonlar darvozasiga urilgan birinchi gol muallifi serbiyalik Marko Stanoevichning fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. Darhaqiqat, AGMK darvozasiga urgan golingiz ajoyib chiqdi. Keling dastlab o'yin haqidagi fikr va taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Kuchli raqiblar bilan o'yinlar doimo qiziqarli kechadi. Jamoamiz kecha yaxshi o'yin namoyish etdi va raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Bizda gol urish uchun yana bir nechta qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin, bu hozir muhim emas. Eng asosiysi biz chiroyli o'yin ko'rsatdik va muhim bo'lgan uch ochkoga ega chiqdik.



- “Buxoro” bilan kechgan qiyin uchrashuvdan so'ng tiklanish jarayoni qanday kechdi? CHunki, jamoa ko'p kuch yo'qotgan edi...


- “Buxoro”ga qarshi bahsda biz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik. To'g'risi, biz uchun bu o'yin oson o'tmagandi. Lekin, oldimizda turgan o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Bu bizga yanada ko'proq ishlashimizga va xatolarimiz ustida mehnat qilishmizga imkon berdi. AGMK bilan uchrashuvga juda ham jiddiy hozirlik olib bordik.

- Birinchi davrada Olmaliqda kechgan o'yin va kechagi uchrashuv o'rtasida qanday farqni ko'rdingiz? Birinchi davrada ham AGMKga ajoyib gol urgan edingiz va buni kecha ham takrorlashni uddasidan chiqdingiz...


- Ikkita bellashuv ham qiziqarli o'tdi deya olaman. Biz uchun natija va chiroyli o'yin muhim hisoblanardi. Bizning buning ustida yanada ko'proq ishlashimiz lozim.

- Endilikda “Nasaf” jamoasi oldida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Lekin, keyingi o'yinlar bundanda qiyin bo'lishi tabiiy. SHuningdek, so'nggi to'rt tur markazlashgan holatda o'tishi aytilmoqda...


- Oldinda qiyin to'qnashuvlar kutmoqda. Biz hozirda navbatdagi uchrashuv haqida o'ylamoqdamiz. Jamoamiz uchun har bir bahs muhim va keraklidir.



- Olmaliqliklar darvozasiga jarimadan urgan golingizni kimga bag'ishladingiz?


- Men har doim gollarimni oilamga bag'ishlaganman. Kecha ham urgan golimni oilamga bag'ishladim.

- AGMK jamoasi deyarli barcha uchrashuvlarda ikkinchi bo'lim va so'nggi daqiqalardagi faollik hisobiga g'alaba yoki durang natijani qayd etib kelayotgan edi. Murabbiy bu borada qanday ko'rsatmalar berdi?


- Biz oxirgi daqiqaga qadar yaxshi o'ynashga harakat qildik. SHu bois raqib o'z o'yinini ko'rsatishga qiynaldi. Yuqorida aytganimdek bu o'yinga har doimgidan ham jiddiyroq tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiy kerakli ko'rsatmalarni berdi. Muxlislarimizga qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика