Nazorat bahsi. "Dinamo" Armanistonning eng sovrindor jamoasini mag'lub etdi
11 fev 19:30
Yangiliklar
Nazorat bahsi. "Dinamo" Armanistonning eng sovrindor jamoasini mag'lub etdi
Vadim Abramov shogirdlari ikkinchi bo'limda raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini. Ajman (BAA)
"Pyunik" (Armaniston) — "Dinamo" (O'zbekiston) — 0:3
Gollar: Firdavs Abdurahmonov 52' (0:1), Anvarjon Hojimirzaev 65' (0:2), Xislat Xalilov 74' (0:3).
Anvarjon Hojimirzaev dastlab Firdavs Abdurahmonovning goliga assistentlik qilgan bo'lsa, keyinroq o'z goli bilan hisobni oshirdi. Yakunda esa Xislat Xalilovning goliga ham zamin yaratib, o'yinni 1 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan yakunladi.
"Dinamo" asosiy tarkibi: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Mahammadu Dembele, Jahongir O'rozov, Mauro Brazil, Til Mavretich, Akbar Xudoyberdiev, Nurillo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Bektemir Abdumannonov, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxiradan tushganlar: S. Qodirqulov, J. Jumaboev, D. Salou, J. Abdusalomov, F. Abdurahmonov, X. Xalilov, A. Amonov, A. Hojimirzaev, U. Hoshimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar