Marko Roys jarohat sabab Germaniya mashg'ulotini o'tkazib yubordi
13 noy 2018 15:40
Yangiliklar
Marko Roys jarohat sabab Germaniya mashg'ulotini o'tkazib yubordi
"Borussiya D" yarim himoyachisi Marko Roys Germaniya terma jamoasining bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.
Bu haqda Germaniya futbol federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi. Roys oyog'ini shikastlab olgan.
Germaniyaning bugungi mashg'ulotida 20 nafar o'yinchi qatnashdi. Markodan tashqari Toni Kroos ham mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Sababi, "Real" yarim himoyachisi terma ixtiyoriga 16 noyabr kuni keladi.
Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan 22 nafar o'yinchi
Fikrlar