Marko Milich "Buxoro"da
09 fev 2021 14:51
Yangiliklar


Marko Milich "Buxoro"da
PRO liga ishtirokchisi "Buxoro" klubi 2021 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bugun jamoa yig'iniga serbiyalik himoyachi Marko Milich kelib qo'shildi. Legioner futbolchining O'zbekistonga birinchi tashrifi emas. Milich 2018-2019 yillarda "Qo'qon-1912" jamoasi sharafini himoya qilgan. Futbolchilik faoliyatini asosan Serbiya klublarida o'tkazgan Milich o'tgan mavsumda Tojikistonning "Istiqlol" jamoasida to'p tepgandi.
Tajribali himoyachi bugundan "Buxoro" mashg'ulotlariga kirishadi. Bu haqda "Buxoro" matbuot xizmati xabar berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar