Marko Milich: “Bugungi bahs CHempionlar ligasi finaliga teng”
15 iyu 2019 10:49
Yangiliklar
Marko Milich: “Bugungi bahs CHempionlar ligasi finaliga teng”
“Qo'qon-1912” jamoasi bugun o'z maydonida ushbu mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazadi.
Superligasining 11-turidan o'rin olgan bahsda Qo'qonliklar Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qilishadi. Mazkur uchrashuv oldidan “SHunqorlar”ning etakchilaridan biri Marko Milich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin barchaning kayfiyati alo darajada. Bugungi bahsda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bu o'yin biz uchun CHempionlar ligasi finali bilan teng desam, mubolag'a bo'lmaydi. Qo'qonda mavsumdagi birinchi uchrashuvimizni o'tkazamiz. Bugun Qo'qonda katta futbol bayrami bo'ladi. Ishqibozlarimizni xursand qilish uchun maydonda borimizni berishga tayyormiz. O'z navbatida bugungi bahsda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari ham biz uchun juda zarur.
Fikrlar