Markizio: "Yuventus"da juda ko'p muammo bor"
31 okt 2021 21:53
Yangiliklar
Markizio: "Yuventus"da juda ko'p muammo bor"
Italiyalik o'z sobiq klubidagi holatdan hayratdaligini yashirib o'tirmadi.
"Yuventus" sobiq futbolchisi Klaudio Markizio Turin klubidagi vaziyatni baholadi. "Byankonerilar" Italiya chempionatida ketma-ket 2 o'yinda mag'lub bo'lishdi va hozir A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turishibdi.
"Hozir oson davr emas. "Yuventus"da juda ko'p muammo bor. Hamma gap futbolchilarning sifatida emas. Jamoaga ritm, shiddatlilik va taktik g'oyalar etishmayapti. Biroq biz, muxlislar doimo jamoa bilan birga bo'lishimiz lozim. Ayniqsa, hozirgi holatda", – dedi Markizio.
Fikrlar