So’nggi yangiliklar

14:53Меҳди Моҳиби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  0 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  13 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65

Markes Lopes: “Navbahor” bizga qaraganda jismonan tayyorroq bo'lishi mumkin, ammo bu bir o'yinda yordam bermaydi" Yangiliklar

Markes Lopes: “Navbahor” bizga qaraganda jismonan tayyorroq bo'lishi mumkin, ammo bu bir o'yinda yordam bermaydi"

OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan "Al Vakra" - "Navbahor" uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Bartolome Markes Lopes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Osiyo chempionlar ligasidagi qarama-qarshiliklar o'ziga xos ahamiyatga ega va chempionat o'yinlaridan farq qiladi. Maqsadimiz — ijobiy natijaga erishish hamda guruh bosqichida ishtirok etish.

Bilasizmi, "Al Vakra" oxirgi marta OCHLda 2002 yil ishtirok etgan va o'shadan beri jamoa bunday katta turnirda qatnashmagan. SHu bois, biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatgani maydonga tushamiz va o'zimiz istagan natijani qayd etishga harakat qilamiz.

SHogirdlarimdan bo'lajak o'yinga katta etibor bilan munosabatda bo'lishi talab etiladi. Bu o'yin Qatar futboli, xususan, "Al Vakra" shahri aholisi uchun muhim ahamiyatga ega.

“Navbahor” jamoasi haqida bazi malumotlarga egaman. Ular yaxshi jamoa, O'zbekiston chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Ammo yo'qotadigan narsamiz yo'q, shu bois maqsadimizga erishish uchun bunday imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.

O'zbekiston chempionati bir hafta oldin boshlangan Qatar chempionatidan farqli o'laroq 17-turga etib keldi. Albatta, “Navbahor” jamoasi bizga qaraganda jismoniy jihatdan tayyorroq bo'lishi mumkin, ammo bu ko'p narsani anglatmaydi, chunki bu tayyorgarlik bir o'yinda unchalik yordam bermaydi", - dedi Lopes.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика