So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  8 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Markaziy Osiyodagi eng katta choyxona ro'parasidagi stadion qo'shnilarimizning o'zaro derbi to'qnashuviga tayyor! Yangiliklar

Markaziy Osiyodagi eng katta choyxona ro'parasidagi stadion qo'shnilarimizning o'zaro derbi to'qnashuviga tayyor!

Dushanbe shahridagi "Varzishgohi Markazi" o'yingohi tomon otlangan saytimiz xodimlari stadionga etib borishdi.

Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi "Varzishgohi Markazi" o'yingohi JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuviga tayyorlanmoqda.

Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)

SHahar ichida kezarkansiz ko'pchilik bugun katta futbol bo'lishidan boxabar. SHahar u qadar katta emas, kichkina. SHu boisdan ham futbol tarovati shahar bo'ylab kezib yuribdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Yo'l-yo'lakay taksi haydovchilari, sotuvchi va do'stlarni ko'rib, albatta suhbat qurasiz. Dushanbega ilk bor kelgan mehmonga bu erda o'zgacha muomula va iliq munosabatda bo'lisharkan. Taksiga o'tirgach haydovchi O'zbekistondan kelganimizni bilib, o'zi ham asli o'zbek ekanligini aytib, lekin hali yurtimizga tashrif buyurmaganini takidladi. Suhbat esa sof o'zbekcha tilda davom ettirildi. Garchi futbolga qiziqsada, lekin bugungi o'yinni teleekran qarshisida tomosha qilmoqchi ekanligini bildirdi. Stadionda esa u siz ham tomoshabinlar etarlicha topilishini aytib, tez orada O'zbekistonga borish orzusini amalga oshirmoqchi ekanligini bildirdi. SHunday qilib stadionga ham kelib qoldik. Buyog'iga esa suratlar tilga kirgani maqul :-)

Aytishlaricha, Markaziy Osiyodagi eng katta choyxona - "Koxi Navro'z". SHundoq stadionni ro'pasida joylashgan ajoyib choyxona. O'yindan keyin ayni kiradigan joy ekan

Dushanbeda bugun eng "qaynaydigan" manzil shu er bo'lishiga shubha yo'q...

CHipta 10 somondan sotilmoqda. Bu muxlislar esa "VIP" sektordan 200 somonga ikkita chipta xarid qilishdi

CHiptaxonadan olingan so'nggi malumotlarga ko'ra, bugungi bahsga 13 mingta chipta chiqarilgan va hozirga qadar ularning 10 mingdan ortig'i sotib bo'lingan. CHiptalar savdosi qizimoqda...

"Varzishgohi Markazi" o'yingohi ichida muxlislar uchun foydali mahsulotlar sotuvi yo'lga qo'yilgan

Sotuvchining ishonch bilan aytishicha, tanaffusdan keyin barcha mahsulotlar istemolchilarini toparkan...

Nomi qiziq...

Yosh futbolchilar esa o'zlari futbol o'ynash bilan band...

Suniy qoplamali maydon...

Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi o'tiradigan zaxira o'rindig'i

Stadionning tepa ko'rinishi...

CHiptani olib qaytayotgan muxlis...

 

"Varzishgohi Markazi"ning yuqori fonida Tojikiston bayrog'i...


O'yin boshlanishiga hali yana 3 soatdan sal kamroq vaqt mavjud. Jamoalar esa o'yinga 90 daqiqa qolganida, yani 17:30da stadionga etib kelishadi. Biz esa stadiondan tayyorlagan ilk reportajimizni shu joyda to'xtatib turib, keyingi jarayonga tayyorgarlik ko'ramiz. Yoqimli tomosha :-)


SHahboz Beg'amov va Jahongir Fayzullaev, Dushanbe shahridan maxsus 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика