So’nggi yangiliklar

17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  3 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  1 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  11 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  2 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   12 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  4 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  2 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2

Markaziy Osiyo. Umarov kubokda gol urdi, "Istiqlol" mag'lub bo'ldi, "Arkadag'" esa etakchilikni qo'lga oldi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Umarov kubokda gol urdi, "Istiqlol" mag'lub bo'ldi, "Arkadag'" esa etakchilikni qo'lga oldi

Teglar :  Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo mamlakatlarining chempionat va kubok o'yinlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Qozog'iston

O'zbekistonlik futbolchilar

"Tobol" - Igor Sergeev

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - SHahboz Umarov

Qozog'iston kubogining 1/8 finali doirasida javob uchrashuvlari o'tkazildi. Ikki hamyurtimiz to'p teprayotgan "Ordabasi" ilk o'yinda o'z maydonida mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, javob bahsida "Maqtaaral"ni 4:1 hisobida dog'da qoldirdi. Bobir Abdixoliqov bahsni asosiy tarikbda boshladi va 59-daqiqada almashtirildi. SHahboz Umarov zaxiradan o'yinga qo'shilib, 90-daqiqada o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi

"Maqtaaral" - "Ordabasi" 1:4 (birinchi o'yin 2:1)

Gollar: Sandoval 14 - Tagibergen 66, 84, Sadovski 76, Umarov 90.

"Ordabasi": SHayzada, Abdixoliqov (Fedin 59), Auro, Erlanov, Jorjino, Maliy, Matich, Mboj (Umarov 87), Suyumbaev (Astanov 87), Tagibergen, Tungshbaev (Sadovski 59).

"Tobol" esa "Aqsu" maydonida 1:2 hisobida yutqazganiga qaramay, ilk uchrashuvda 2:0 hisobidagi g'alabasi tufayli chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Igor Sergeev mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 75-daqiqada almashtirildi.

CHorak finalda quyidagi juftliklar to'qnash keladi:

"Astana" — "Turan"

"Ordabasi" — "Qiziljar"

"SHaxtyor" — "Tobol"

"Atirau" — "Qayrat"

Dastlabki o'yinlar 17 may, javob bahslari esa 7 iyun sanasida bo'lib o'tadi.

Qirg'iziston

O'zbekistonlik futbolchilar 

"Alay" - Islom Abdullaev 

"Alay" - Javohir Sohibov 

"Alay" - Abdulaziz Yusupov 

"Dordoy" - Kemran Najafaliev

"Qora Bolta" - Muhriddin Ahmedov

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Azamat Ahmedov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Muhammadali Tursunov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Dostonjon Rashidov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Otabek Haydarov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Javohir Rasulov 

"Talant" - Muhammadqodir Rahimberganov 

"Oshmu Aldier" - Abdulbori Vositjonov 

"Oshmu Aldier"- Akrom Xodjaev

"Oshmu Aldier" - Maradona Safarov

"Oshmu Aldier" - Po'latjon SHaripov 

"Oshmu Aldier" - Muhammadali Ashurov

"Oshmu Aldier" - Aburahmon Abdulhaqov 

"Oshmu Aldier" - Elnur Turg'unov 

"Oshmu Aldier" - Akmaljon Yuldashev

Qirg'iziston chempionatining 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Tur yakunlariga ko'ra, "Abdish-Ata" peshqadamlikni saqlab turibdi. "Talant" esa birato'la uch pog'ona yuqorilab, 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Kuchli uchlikka "Alay" yakun yasagan.

To'purarlar jadvalida "Dordoy" futbolchisi Talovich Danin hamda "Neftchi" azosi Toktosunov Dastanbek 4 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

Tojikiston

O'zbekistonlik futbolchilar

"Xo'jand" - Xushnudbek Bozorov 

"Xatlon"  - Rustam Qo'chqorov

"Fayzkand" -  Zufardjon Akbaraliev

"Esxata" - Olimjon Karimov

"Esxata" - Sanjar Rixsiboev

"Xosilot" - Temur Mamatmurodov

"Ko'ktosh" - Temur Masharipov

"Ko'ktosh" - Muxiddin Odilov

Tojikiston chempionatining 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Mazkur turda musobaqa peshqadami "Istiqlol" safarda "Ravshan"ga imkoniyatni boy berganiga qaramay, turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi. Bir ochko ortda borayotgan "Esxata" ularni taqib qilmoqda. 

7-tur

«Xosilot» – «Esxata» – 1:0

«Kuktosh» – «Xo'jand» – 1:1

«Ravshan» – «Istiqlol» – 1:0

«Fayzkand» – «Regar-TadAZ» – 5:1

CSKA – «Xatlon» – 0:2

Eslatib o'tamiz, 6-tur uchrashuvlari Ramazon oyi munosabati bilan boshqa sanaga ko'chirilgandi. 8-tur bahslari 4-5 may kunlari bo'lib o'tadi. 6 may sanasida esa mamlakat superkubogi doirasida "Istiqlol" "Ravshan" bilan to'qnash keladi.

Turkmaniston

Turkmaniston chempionatining 4-tur bahslari o'tkazildi. Mazkur turda “Ashxabad” safarda "Energetik"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Arkadag'" "SHagadam" darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi.

9 jamoa ishtirok etayotgan turnir jadvalida 3 o'yinda 9 ochko jamg'argan "Arkadag'" etakchilik qilmoqda. 4 uchrashuvda shuncha ochkoga ega "Kopetdag'" esa 2-o'rinda bormoqda. 

1.  “Arkadag'” FK  3  3  0  0  10-1  9

2.  “Kopetdag'” FK  4  3  0  1  6-6  9

3.  “Altin Asir” FK  3  2  1  0  6-1  7

4.  “Nebitchi” FK  3  2  1  0  5-2  7

5.  “Ashxabad” FK  3  2  0  1  3-3  6

6.  “Axal” FK  4  1  0  3  3-6  3

7.  “Energetik” FK  4  1  0  3  1-4  3

8.  “Merv” FK  4  1  0  3  4-8  3

9.  “SHagadam” FK  4  0  0  4  2-9  0

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика