So’nggi yangiliklar

11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  5 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  4 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  11 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  10 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  29 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  17 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3

Markaziy uchrashuvda “Sevinch” g'alaba qozondi Yangiliklar

Markaziy uchrashuvda “Sevinch” g'alaba qozondi

Bugun Bekobod shahrida XXI O'zbekiston chempionati 7-turining markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bugungi uchrashuv joriy mavsumda asosiy sovringa kim davogarlik qilishini qaysidir manoda aniqlab berishi kerak edi. Mamlakatimizning o'n karra chempioniga keyingi paytlarda bekobodlik qizlar munosib raqibga aylanib ulgurishdi. Ularning bu yildagi mavsumda o'tkazgan olti uchrashuvida deyarli hech bir jamoa qarshilik qila olmayotgan edi. Olti uchrashuvda olti g'alaba, qolaversa chempionatda qatnashayotgan jamoalar ichida eng ko'p gol kiritgan ham “Metallurg W” jamoasi bo'lib kelmoqda.

Bularning hammasini hisobga olgan jamoamiz murabbiylari futbolchi qizlarimizni o'yinga ham ruhan ham boshqa tomondan puxta tayyorlashdi.

Uchrashuv kutilganidek og'ir va murosasiz kurashlarga boy bo'ldi. Jamoamiz uchrashuvda tezkor gol kiritib olishgan bo'lishsada, bu ularga hech qanday engil bermadi.

Uchrashuv boshlangandan jamoamiz oldinga tashlandi. Maydon markazidan boshlangan hujumda Zebo Jo'raevani jamodoshlari to'p bilan taminlashdi. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatda chiqib borgan to'purarimiz, darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko'rib, to'pni uning ustidan oshirib darvozaga aniq joylab qo'ydi – 0:1.

SHundan so'ng maydon egalari ham bor kuchi bilan oldinga tashlanishdi. Tajribali himoyachilarimiz ularning hujumlarini bartaraf qilishga harakat qilishdi. Bu vaqtda imkon bo'lganda jamoamiz oldinga o'tib bir necha xavfli vaziyatlarni tashkil qilishdi, ammo bu vaziyatlarni golga aylantirishni imkoni bo'lmadi.

Uchrashuv 24-daqiqasida maydon egalari standart vaziyatda to'pni o'yinga kiritishdi, jarima maydonida himoyachilarga yordamga kelgan hujumchimiz Mahliyo Sarikova raqib futbolchilarining biriga qo'pollik ishlatdi deb, topgan hakam Olga Kaxarova qo'riqlayotgan darvozaga 11 metrlik jarima to'pi belgiladi. Jarima to'pini Lyudmila Karachik aniq amalga oshirib, oradagi hisobni tenglashtirdi -1:1.

Hisob tenglashsak o'yinchilar o'zlariga juda katta bosimni his qilishdi. SHundan bo'lsa kerak, boshqalarga qaraganda ancha katta tajribaga ega jamoamiz o'yinchilari ham ozroq hayajonga berilishdi shekilli, to'p bilan muomala qilishda xatolar ham bo'ldi.

Har ikkala jamoa hisobda oldinga o'tib olish payida bo'lishdi. Maydonda teng  kurashlar davom etdi. Birinchi bo'lim oxirgi daqiqasida Olga Kaxarova jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi. Mavluda Munavvarovaning darvozaga yaqin masofadan  bergan zarbasini tajribali darvozabonimiz qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuv birinchi bo'limi ana shunday davom etib,  hisob o'zgarmay qoldi.

Ikkinchi bo'limning deyarli yarmi teng kurashlar ostida kechdi. 66-daqiqada Lyudmila Karachik ochiq darvozani ishg'ol qila olmadi, maydonnning chap qanotidan jarima to'pini tepgan maydon egalarida yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi, to'p uchun kurashda darvozabonimiz Olga Kaxarova yiqilib tushdi, jamoadoshlari to'pni Lyudmilaga havodan oshirib berishdi, uning boshi bilan bergan zarbasi ochiq darvoza ustinidan o'tib ketdi.

Uchrashuv 74-daqiqasida darvozabonimiz yana bir goldan jamoasini asrab qoldi, maydon egalarining darvoza yaqinida ketma-ket yshllagan zarabalarini u qaytarishga erishdi.

Uchrashuv so'nggi daqiqalarigacha darvozalarga gol urishni hech bir jamoa udda qila olmayotgan edi. Uchrashuv asosiy daqiqasiga qo'shib berilgan vaqtning ilk daqiqasida “Sevinch” jamoasining navbatdagi uyushtirgan hujumini Nilufar Qudratova gol bilan yakunladi. Uning taxminan 35 metrlardan tepgan zarbasini darvozabon qaytarishga ojizlik qildi -1:2.

Uchrashuv ana shu hisobda yakunlandi. “Sevinch” jamoasi tenqurlariga nisbatan bari-bir tajribaliroq ekanliklarini namoyish etishdi va qiyin kechgan turning markaziy uchrashuvida g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alaba jamoamizni musobaqa turnir jadvalida yakka peshqadamga aylantirdi.

“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 1:2 (1:1)

Bekobod sh., “Metallurg” stadioni. 07.06.2015. 18:15da

Gol: Lyudmila Karachik (pen.), 25-1:1  –  Zebo Jo'raeva, 4-0:1, Nilufar Qudratova, 90+1-1:2,

Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)

Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev (Toshkent), Sultonmurod Abdurahimov (Toshkent),

Zaxira hakami: Farrux Yarmuxammedov (Toshkent).

Nazoratchi: Timur Abdullaev (Toshkent)

O'zAFA vakili: Elmira G'ulomova.

“Metallurg W”: 1. Gulandon Boymatova, 9. SHodia Tosheva, 6.Iroda Turambetova,  21. Halima Dadaboeva,  4. Nasiba Hojieva, 77. Nozima Kamoltoeva,  8. Nargiza Abdirasulova(s), 7. SHaxnoza Turapova,  22. Mavluda Munavvarova (11.Dildora Nozimova 74), 17. Lyudmila Karachik, 97. Nodira Muydinova (10. Mohigul Ikromova 83).

Zaxira:  30. Alina Demyanenko, 13.Albina Belyalova, 15. Mahliyo Abdurashidova,  20.Berdieva Kamola,  99. Lutfiniso Xoliqova.

“Sevinch”: 1. Olga Kaxarova, 5. Mahliyo Yusupova, 25.Zumrat Nazarova, 2.SHoxida Tojiddinova (11. SHaxzoda Jamolova 46), 18. Kamola Risqieva, 4. Saida Xandamova, 9. Mahliyo Sarikova, 77. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva, 19. Mariya Moiseeva, 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxira: 16. Matluba Abdirasulova, 3. Laylo Tilavova, 15. Maftuna SHoyimova, 23. Nilufar Qudratova, 6. Fayoza Samandarova.

Ogohlantirish: Mahliyo Sarikova 24, Lutfiniso Xoliqova 46, Kamola Risqieva 73, Olga Kaxarova 76, Zumrat Nazarova 78.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика