So’nggi yangiliklar

01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  0 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  12 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  5 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  26 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

Markaziy o'yinda "Paxtakor" g'alaba qozondi Yangiliklar

Markaziy o'yinda "Paxtakor" g'alaba qozondi

Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Oliy liga, 23-tur.

Paxtakor (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) 2:0
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent).
Nazoratchi
: I. SHaripov (Buxoro).

Gollar
: Maxaradze (27), Jamshid Iskandarov (31).

"Paxtakor"
: 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 4.Boyan Miladinovich, 7.Kaxi Maxaradze, 10.Jamshid Iskandarov, 18.Bahodir Pardaev (Igor Sergeev, 61), 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov, 29.Vladimir Kozak (Akbar Ismatullaev, 76), 34.Oybek Qilichev (Stanislav Andreev, 34).

Zaxira
: 1.Nikita Ribkin, 5.Akbar Ismatullaev, 8.SHerzod Karimov, 11.Igor Sergeev, 20.Anvar Soliev, 28.Stanislav Andreev, 36.Jaloliddin Masharipov.

"Nasaf"
: 30.O'tkir Yusupov, 4.Maqsud Karimov, 5.Botir Qoraev, 9.Ilhom SHomurodov, 16.Alisher Yusupov, 17.Artur Gevorkyan, 19.Igor Taran (Laziz Ubaydullaev, 79), 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev (Farruh Sayfiev, 59), 27.Ilhom Yunusov, 32.Hamza Karimov (SHerzod Azamov, 46).

Zaxira
: 1.Mixail Naumov, 7.Akrom Bahritdinov, 14.Laziz Ubaydullaev, 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 29.Ulug'bek Dadaboev, 34.Farruh Sayfiev.

Ogohlantirish
: Artur Gevorkyan (63).

                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Paxtakor" chempionlik uchun navbatdagi qadamni tashladi.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


88`
"Paxtakor" ishonchli tarzda himoyalanmoqda.


86` So'nggi daqiqalarda mezbonlar safida Aleksandr Lobanov ancha faollik ko'rsatmoqda. Darvoza tomon tepilayotgan zarbalar va jarima maydonchasi ichiga etkazib berilayotgan to'plarni birinchi bo'lib egallab olmoqda.


84`
Farruh Sayfievning zarbasini Lobanov qaytarib yubordi.


82`
Alisher Yusupov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va darvoza tomon zarba tepdi. Lobanov qiyinchilik bilan ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.


81`
"Nasaf" to'pga ko'proq egalik qilmoqda.


79`
Igor Taran o'rniga Laziz Ubaydullaev maydonga chiqarildi.


77`
Jarima zarbasidan tepilgan to'pni Lobanov bartaraf etishga erishdi.


76`
"Paxtakor" safida o'zgarish. Vladimir Kozak o'rniga Akbar Ismatullaev tushirildi.


75`
"Nasaf" jarima zarbasi ishlab oldi.


73`
Jamshid Iskandarovning darvoza tomon tepgan zarbasi xavfli chiqdi. Ammo to'p darvozaga aniq bormadi.


72`
"Paxtakor" vakillari burchak to'pidan samarali tarzda foydalana olishmadi.


71`
"Nasaf" himoyachilari o'rtasida jarima maydonchasi ichida tushunmovchilik yuzaga keldi. So'ngi pallada SHerzod Azamovni to'pni maydondan chiqarib yuborishga erishdi.


69`
"Nasaf" ikkinchi bo'limda ham birinchisi kabi hujumga o'ta olmayapti. Ko'p hujumlari nihoyasiga etmasdan to'xtab qolmoqda. 


66`
Jarima to'pidan Jamshid Iskandarov darvozaga aniq va kuchli zarba yo'lladi. To'p to'singa tegib darvozaga kirib-chiqdi. Lekin laynsmen bu vaziyatga kechikkani sabab golni ko'rolmadi.


65`
Erkin Boydullaev qoidani buzdi deb topdi bosh hakam. Jarima to'pi.


63`
Artur Gevorkyan hakam tomonidan ogohlantirish oldi.


61`
"Paxtakor" safida o'zgarish ruy berdi. Bahodir Pardaev o'rniga Igor Sergeev maydonga tushdi.


59`
"Nasaf"da o'zgarish. SHohruh Gadoev o'z o'rnini Farruh Sayfievga bo'shatib bermoqda.


57`
Stanislav Andreevning jarima zarbasidan tepgan to'pini Yusupov egallab oldi.


56`
Erkin Boydullaev maydon markazida raqibini to'xtatib qoldi.


55`
Boyan Miladinovichning kuchli zarbasini O'tkir Yusupov qaytarishga erishdi. Ajoyib seyv!


54`
Xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi. "Paxtakor" tepadi.


53`
"Nasaf" himoyadan hujumda o'tishga qiynalmoqda.


51`
Bahodir Pardaevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni "sherlar" azosi Jamshid Iskandarov samarali tarzda yakunlamoqchi bo'ldi. Ammo "ajdarlar" himoyachisi bu vaziyatga aniq harakat qildi.


48`
Ilhom SHomurodov yaxshi vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Ammo Lobanov to'pga birinchi bo'lib chiqib keldi va xavfni bartaraf etishga erishdi.


46`
"Nasaf" tarkibida o'zgarish bo'ldi. Hamza Karimov o'rniga SHerzod Azamov tushirildi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


43`
"Nasaf" jarima zarbasi tepdi. Keyinchalik burchak to'pi ishlab olishdi. Ammo har ikkala standart vaziyatidan ham unumli foydalana olishmadi.


41`
O'yin tempi pastladi. Kurash ko'proq maydon markaziga ko'chdi.


38`
Ro'ziqul Berdievning bugungi o'yinga tanlagan taktikasi ish bermayapti. Yani jamoa qarshi hujumlarda o'ynay olmayapti. "Paxtakor" birinchi bo'limda yaqqol ustunlik bilan harakatlanmoqda.


36`
"Paxtakor" yana hujumga o'tdi. Bu vaziyatda hisob o'zgarishi mumkin edi. Ammo Pardaev biroz aniqlik etishmadi. 


34`
"Paxtakor"da o'zgarish ruy berdi. Oybek Qilichev o'rniga Stanislav Andreev tushirildi.


31` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jamshid Iskandarov!
"Nasaf" himoyachilarining o'ta qo'pol xatosi tufayli Iskandarov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va osonlik bilan Yusupov qo'riqlayotgan darvozaga to'pni yo'lladi, 2:0.

29`
"Nasaf" bugun himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda. Bu esa jamoaga qimmatga tushdi. "Paxtakor"ning ketma-ket hujumlari nihoyat gol bilan yakun topdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari balki hujumga o'tishar?!


27` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MAXARADZE!
Jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pni Maxaradze darvozaga joylab qo'ydi, 1:0!


25`
Texnik nosozliklar uchun uzr. Biroz to'xtab qoldik. Davom etamiz.


23` Maxaradzening penaltidan tepgan zarbasi yo'nalishini O'tkir Yusupov topdi va zarbani bartaraf etdi. Qoyil!


22` O'TKIR YUSUPOV!!!!!!!!!!!!!!!!!


21`
Penalti!!! Bahodir Pardaev jarima maydonchasi ichida ochiqchasiga yiqildi. Hakam nuqtani ko'rsatdi.


20`
"Nasaf" jamoasi hozircha oldinga o'tishga shoshilishmayapti.


19`
Maydon egalarining navbatdagi hujumi xavfli tus olgandi. O'tkir Yusupov jarima maydonchasi tomon oshirib berilgan to'pga o'z vaqtida chiqib vaziyatni biroz yumshatishga erishdi.


18`
Hozircha har ikkala jamoalar darvoza tomon birorta ham aniq zarba berishganicha yo'q.

17` Igor Taran o'yindan tashqari holatda qolib ketganini laynsmen qayd etdi.


16`
"Paxtakor" o'z hujumlari orqali raqibni himoyalanishga majbur etmoqda. "SHerlar"ning ketma-ket uyushtirayotgan hujumlari hozircha samara keltirmayapti.

14`
Aleksandr Merzlyakovning qanotdan oshirib bergan to'pini Kozak darvozaga yo'llashga kech qoldi. Hujum ancha xavfli tus olgan edi.


12` Uzoq davom etgan hujumni nihoyat "Nasaf" himoyachilari bartaraf etishdi.


11`
Mezbonlar yana burchak to'pi tepish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.


10`
"Nasaf"ning hujumi uzilib qoldi. SHohruh Gadoevning jarima maydonchasi tomon etkazib bergan to'pini Ilhom SHomurov darvozaga yo'llay olmadi. Keyingi vaziyatda esa hakam SHomurodov qoidani buzdi deb topdi.

9` To'p nazorati mehmonlar qo'liga o'tdi.


8` Oybek Qilichevning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

7` Mezbonlar burchak to'pidan unumli foydalana olishmadi.


6` "Paxtakor" faollikni oshirdi. Burchak to'pi ishlab olindi.


5` Maydon egalarining qanotdan uyushtirgan hujumi besamar yakunlandi.


4` Egor Krimec o'yinni tayanch yarim himoya chizig'ida boshladi.

4` Hozircha jamoalar ancha ehtiyotkorlik bilan o'ynashmoqda. Tezlik yuqori emas.

3` SHohruh Gadoev maydon markazida to'pni yo'qotdi. "Paxtakor"ning boshlagan hujumi yakunlanmay qoldi. Tezkor hujum uyushtirish nasib etmadi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

- Bugungi o'yin qaydnomasidan SHuhrat Muhammadiev va Farruh Sayfiev joy olishgan. Ammo Ro'ziqul Berdiev bu ikkala futbolchini zaxirada qoldirishni maqul topgan. Samvel Babayan esa Igor Sergeev boshlang'ich tarkibga kiritmagan.

- Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Oliy liga, 23-turining markaziy bellashuvi "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan matnli onlayn reportajimizni boshlaymiz! 

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика