So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Mark Votte turnirdagi omadsiz ishtirok sababini aytdi Yangiliklar

Mark Votte turnirdagi omadsiz ishtirok sababini aytdi

U-20 Osiyo Kubogi 3-turi doirasida Iroqqa qarshi bahsdan keyin Suriya termasi bosh murabbiyi Mark Votte o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Uchrashuvni yaxshi boshladik va gol urish uchun bir nechta vaziyatlarimiz bo'ldi. Mustafo Abdulatifda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, lekin Iroq darvozaboni yaxshi haraqat qildi. Umumiy qilib aytsam, turnir biz uchun katta tajriba vazifasini o'tadi, lekin natijalarimiz guruhdan chiqish uchun etarlicha bo'lmadi. Biz O'zbekiston bilan kamida durang o'ynashimiz, Indoneziyaga mag'lub bo'lmasligimiz kerak edi. O'zimiz reja qilgandek qatnasha olmadik va bor kuchimizni ko'rsata bilmadik.

- Janob murabbiy, qisqa vaqt ichida jamoangiz yaxshi o'yin namoyish etdi, lekin turnirda omadsiz ishtirok etdingiz. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Birinchi navbatda, diqqatli bo'la olmadik va shu sabab omadsizlikka uchradik deb o'ylayman. Futbolchilarda tajriba kam, chunki Suriyada U-21 chempionati yo'q va buning uchun holatimiz ham etarli emas. Ushbu musobaqa oldidan 9ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgandik, lekin o'rtoqlik uchrashuvlarida bosim bo'lmaydi. Ushbu yoshlarga tajriba etishmayapti, ular hali juda yosh va o'ylaymanki ular olimpiya terma jamoasiga o'tishganda, ancha yaxshi shakllangan futbolchilar bo'lishadi. O'zbekistonga qarshi eng yaxshi o'yinmizni o'tkazdik, ular faqatgina standart vaziyatlardan gol urishdi.

- Ushbu musobaqadagi ishtirokingizning foydali tomonlarini aytib o'tsangiz?

- Foydasi katta, chunki 12 yil deganda bizning yoshlar ushbu musobaqada qatnashmoqda va bu albatta katta yutuq, to'g'ri musobaqani erta tark etayapmiz, lekin fikrimcha bu rivojlanish yo'lining boshlanishi. Men federaciyaga minnatdorchiligimni bildiraman, chunki ular butun musobaqa davomida menga ishonishdi. Misol qilib aytaman, Alramadan  o'zi to'p tepadigan "Aleppo" klubida kattalar safida maydonga hali maydonga tushmadi, va u U-19 jamoasida to'p tepadi, u erda esa maktab bolalariga qarshi o'ynaydi, u qanday qilib O'zbekiston terma jamoasiga qarshi muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynashi mumkin. Ishlashda davom etamiz, men federaciyada texnik direktor bo'lib ham ishlayman va o'ylaymanki keyingi ishtirokimiz ancha yaxshiroq bo'ladi. Barchangizga etibor uchun rahmat.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика