Mark Lourenson: "Liverpul"ning chempionligini 30 yil kutish kerak deb aytgan odamni jinnixonaga olib ketgan bo'lishardi"
28 iyu 2020 16:55
Yangiliklar


Mark Lourenson: "Liverpul"ning chempionligini 30 yil kutish kerak deb aytgan odamni jinnixonaga olib ketgan bo'lishardi"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Mark Lourenson germaniyalik murabbiy Yurgen Kloppning mersisaydliklardagi faoliyati haqida to'xtaldi.
"Agarda 30 yil oldin "Liverpul"ning chempionligini 30 yil kutish kerak bo'lishini kimdir aytganida uni xalatli odamlar kelib, jinnixonaga olib ketardi. Fantastika!
Klopp "Liverpul" boshqaruvini o'z qo'liga olganida odamlar holatning qay tariqa o'zgarishini his qilishgandi. O'shanda men bir necha oydayoq o'zgarishlar bo'lishini kutgandim.
Klopp o'z qo'li ostidagi barcha futbolchilarni rivojlantirdi. Faqatgina Karius bundan mustasno. Uning futbolchilari jamoa uchun barchasiga tayyor bo'lmoqda", - dedi Lourenson.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar