Mark Bosnich: "MYU Pogbani sotib olgan pulga sotib yubora olmaydi"
13 apr 2020 19:57
Yangiliklar
Mark Bosnich: "MYU Pogbani sotib olgan pulga sotib yubora olmaydi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq posboni Mark Bosnich xavbek Pol Pogbaning kelajagi borasida gapirdi.
"MYU Pogbani ushlab turibdi, balki uning o'zi ham buni istamoqda. Faqatgina klubdagilar Pogba nima sababdan bu erdan ketmayotganini bilishadi.
Pogba bilan bo'layotgan vaziyatga MYUdagilar biroz jiddiyroq qarashlari kerak. CHunki klub Polni katta summaga sotib olgan. Endi esa uning sotuvidan klub yana shuncha mablag' ishlab olishiga shubxa bilan qarayapman.
Agarda Pol yana oldingi holatiga qaytib, Fernandesh bilan ajoyib juftlik hosil qilsa, shunchaki ajoyib bo'lardi.
Bunday katta summaga sotib olingan futbolchining qo'yib yuborilishi - MYU yana bir bor shunday katta summaga boshqa futbolchini olib kelishi kerakligini bildiradi", - dedi Bosnich.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar