Mario Gomes: "Inter"ning ikkinchi goli ofsayddan urildi"
16 fev 2014 12:08
Yangiliklar


Mario Gomes: "Inter"ning ikkinchi goli ofsayddan urildi"
"Fiorentina" hujumchisi Mario Gomes "Inter"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin qiyin bo'ldi. Ikkala jamoa g'alaba uchun harakat qilishdi. Biroq "neradzurrilar"ning ikkinchi goli yaqqol ofsayddan urildi, aynan shu gol o'yin taqdirini hal qildi. Maydonga qaytganimdan juda xursandman. Gol urishga yaqin edim, ammo vaziyatdan foydalana olmadim, - deydi Gomes "Tutto Mercato" nashriga.

Fikrlar