Mario Balotelli: "Men ham "Oltin to'p"ni olishim mumkin edi"
10 dek 2016 20:34
Yangiliklar
Mario Balotelli: "Men ham "Oltin to'p"ni olishim mumkin edi"
Franciyaning "Nicca" klubi hujumchisi Mario Balotelli kim dunyoning kuchli futbolchisi bo'lishi mumkinligi to'g'risida o'z fikrlarini bildirdi.
"Dunyoda Ronaldu va Messidan ko'ra kuchliroq futbolchi yo'q. O'yin darajasi bo'yicha ularga hech bir futbolchi teng kela olmaydi.
Ularni mag'lub etib bo'lmaydi. Biroq men bir yil mavsumni jarohatlarsiz o'tkazganimda "Oltin to'p" uchun kurashgan bo'lardim. Agarda bir kun kelib men bu sovrinni olgan taqdirimda ham Messi va Ronaldu eng kuchli futbolchi bo'lib qolaverishadi. Sababi bu ikki futbolchi ushbu sovrinni to'rt-besh marotaba qo'lga kiritishgan", - deydi Balotelli.

Fikrlar