Mario Balotelli: "Maqsadim - Evro-2020 musobaqasida ishtirok etish"
19 avg 2019 21:35
Yangiliklar


Mario Balotelli: "Maqsadim - Evro-2020 musobaqasida ishtirok etish"
Hujumchi Mario Balotelli "Breshiya"ga o'tishi munosabati bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida o'zining reja maqsadlarini aytib o'tdi.
"Men hech narsadan qo'rqmayman. Hammasi joyida. Maqsadlarimdan biri klubni imkon qadar kuchaytirish. Jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlayman va ular ham menga yordam berishadi.
Asosiy maqsadim - Italiya terma jamoasi bilan Evro-2020 turniriga borish. Roberto Manchini meni tug'ilgan kunim bilan tabrikladi va yaxshi tilaklar bildirdi. "Breshiya" varianti paydo bo'lganida, ortiqcha o'ylab o'tirmadim. Bu men boshqa klublarga qaraganda ko'proq narsa bera olishim bo'lgan jamoa. Bu mening shahrim", - deydi 29 yoshli Balotelli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar