Marchello Lippi: "Bavariya"ning kuchini barcha ko'rdi"
18 dek 2013 12:30
Yangiliklar


Marchello Lippi: "Bavariya"ning kuchini barcha ko'rdi"
Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi ustozi Marchello Lippi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu o'yin eng kuchli klub va boshqalarning o'rtasidagi farqni ko'rsatib berdi. "Bavariya" doim maydonda tashabbusni o'z qo'liga olishga urinadi, biz ularga qarshi hech nima qila olmadik. Ularga qarshi yaxshi o'ynay olmadik, ammo aybdorni izlamayman, futbolchilarim qo'llaridan kelganidan kelganicha o'ynashdi. Bir yarim yil oldin biz haqimizda hech kim bilmasdi, endi biz klublar o'rtasidagi mundial yarim finalida o'ynadik, - deydi Lippi "Bavariya" klubi rasmiy saytiga.

Fikrlar