"Marca" tarqatgan xabar noto'g'ri bo'lib chiqdi
05 apr 2020 22:43
Yangiliklar
"Marca" tarqatgan xabar noto'g'ri bo'lib chiqdi
Avvalroq ispan nashri ijara asosida "Selta"da o'ynayotgan "Lokomotiv" (Moskva) futbolchisi Fyodor Smolov karantin qoidalarini buzgani va unga nisbatan jazo choralari qo'llanishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
"Marca" xabarida Rossiya terma jamoasi azosining Vigo klubidan beruhsat Moskvaga qaytgani bayon qilingan.
Rossiyalik jurnalist Vasiliy Konovning so'zlariga ko'ra, bu malumotlar noto'g'ri. Futbolchi barcha narsani "Selta" rahbariyati bilan muhokama qilgan va klub unga Moskvaga yo'l olishi uchun ko'maklashgan.
Malumot uchun, 30 yoshli Smolov vigoliklar tarkibida 6 o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar