So’nggi yangiliklar

10:05УEФА ПСЖга катта миқдорда жарима белгилади  0 09:34ПСЖ футболчисини Туркия жамоаси сотиб олди  1 09:03"Барселона" дунёнинг энг қашшоқ давлатларидан бири билан ҳомийлик шартномасини имзолади  2 08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  2 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  28 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  9 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1

Marat Bikmaev: "Jasur Jaloliddinovga maslahatim bor..." Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Jasur Jaloliddinovga maslahatim bor..."

"Lokomotiv" etakchisi Marat Bikmaev Rossiya klubiga yo'l olgan Jasur Jaloliddinov hamda "Spartak"ka o'tishi kutilayotgan Oston O'runov haqida fikr bildirdi.

Savol tug'ilishi mumkin, nega Bikmaevdan fikr oldik? Buning sababi shundaki, Marat ham ancha yosh Rossiyaga yo'l olgandi. Bikmaev 2004 yil "Paxtakor"ni tark etib "Krilya Sovetov" bilan shartnoma tuzganida 18 yosh edi. U futbolchilik faoliyatining 10 yilini xorijda o'tkazdi. 

Malumot uchun, Bikmaev 2004-2005 "Krilya Sovetov", 2006-2007 "Rubin", 2008-2010 "Spartak-Nalchik", 2010-2012 yillarda "Alaniya" sharafini himoya qilgan. SHuningdek, u 2014 yil O'zbekistonga qaytib "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolashdan oldin Qozog'istonning "Aktobe" klubida to'p tepgan.

 

- Marat, yaqinda "Bunyodkor"ning yosh futbolchisi Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv" Moskva bilan shartnoma tuzdi. Yana bir yosh futbolchimiz Oston O'runov "Ufa"ni tark etib "Spartak"ka o'tishga yaqin turibdi. Siz ham o'z vaqtida ancha yosh Rossiyaga yo'l olgandingiz. SHuni hisobga olgan holda hozirgi yangiliklarga munosabatingiz qanday?

-  Avvalo shuni aytishim kerak, bizdan qancha ko'p futbolchi chetga ketsa futbolimiz uchun shuncha yaxshi. Futbolchilar o'sadi, dunyoni ko'radi, kuchliroq chempionatlarda o'ynaydi. Jaloliddinov haqida gapiradigan bo'lsam, u hali yosh va o'z ustida ko'p ishlashi kerak. Eng muhimi, chetga ketib futboldan boshqa bekorchi narsalarga chalg'ib qolmaslik.

To'g'ri, men ham ancha yosh ketganman va Rossiyaga borganimda yonimda hech kim bo'lmagan. SHu bois juda qiynalgandim. Maslahatgo'yim yo'q edi. Natijada ko'p vaqt bekorchi bo'lib qolganman. Hali 20ga to'lmagan yosh yigit edim, ko'p zerikardim va bekorchilikdan ko'chaga chiqib ketardim. Xullas atrofimda maslahat bera oladigan yaqinim bo'lmagan, baribir shu jamoadaman-ku deb yuraverganman. SHu bois Jasurga bir maslahat bermoqchiman: avvalo Moskvaga yolg'iz ketmasin, yonida yo'l-yo'riq ko'rsatadigan biror yaqini bo'lsin. 


- Jaloliddinov 17 yoshda legionerga aylandi. Uni oldinda kutayotgan qiyinchiliklar ko'pmi? 

- Qiyinchilik juda ko'p bo'ladi. Bu o'rinda u nima qilishi kerak? Ko'p ham atrofdagi gap-so'zlarga chalg'ib qolmasdan faqat futbolni o'ylashi kerak. U hali yosh, eng avvalo til o'rganishi shart. Ruschani qanchalik biladi xabarim yo'g'-u, lekin yanada yaxshiroq o'rganishi lozim. Qolaversa ingliz tilini ham o'rganishi zarur. 

Keyin u faqat futbol bilan cheklanib qolmay o'qishga kirishga, institutda tahsil olishga harakat qilsin. Mening unga beradigan maslahatim shu. CHetga borgandan keyin bekorchi bo'lib qolmaslik kerak. Qiyinchilik hamma joyda bor. Jamoada barcha bilan yaxshi munosabatda bo'lishi lozim.


- Sizda qanday qiyinchiliklar boshdan o'tgan? 

- Aytib o'tganimdek, birinchi navbatda maslahatgo'y inson bo'lmagan. O'z bilganimcha yuraverganman. Boshida "Krilya Sovetov"ga borganimda hammasi yaxshi edi, keyin "Rubin"ga o'tganimda hech ishim yurishmagan. 

Natijada yana jamoa almashtirishga majbur bo'lib, "Spartak-Nalchik"ka o'tgandim. Aynan shu klubda o'z o'yinimni topib keta oldim. Eng yomoni - sen bizga kerak emassan, o'zingga boshqa jamoa qidiraver degan gapni eshitish. Jasur bilan shunday hol yuz berishini xohlamayman. Buning uchun esa juda qattiq mehnat qilishiga to'g'ri keladi.  


- Jaloliddinov iqtidorini qanday baholaysiz? 

- To'g'risini aytsam, uning ko'p o'yinlarini ko'rmaganman. Bu yil bizga qarshi o'yinda ko'rdim, salohiyati va iqtidori borligi ko'rinib turibdi. Lekin bo'yi pastligi sabab Rossiyada o'ynab ketish oson bo'lmaydi. 

Agar to'p uchun havoda kurasha olmasa, unda erda to'p bilan zo'r harakat qilishi talab etiladi. "Lokomotiv" Moskva ushbu futbolchi bilan kelajakni o'ylab shartnoma tuzdi deb o'ylayman. Ular bekordan bekorga qaysidir o'yinchini xarid qilmaydi. 


- Rossiyaning yana bir klubi "Ufa"da o'zini ko'rsatgan Oston O'runov haqida fikringiz? 

- Ostonga gap bo'lishi mumkin emas. U tezda o'zini ko'rsata oldi. Unda tabiat bergan iqtidor, jismoniy chidamlilik, xullas hamma narsa bor. SHu bois ham uning birdaniga o'ynab ketgani yangilik emas. Men unga to'liq ishonaman. 


- SHu kunlarda Ostonning "Spartak"ka o'tishi haqida ko'p gap-so'zlar bo'lyapti. 

- Menimcha, u "Spartak"da bemalol o'ynab keta oladi. Bir narsani unutmaylik, "Spartak"da ham bizga o'xshagan odamlar o'ynaydi, hech kim osmondan tushib qolmagan. Qolaversa, Oston O'runov Rossiya chempionatida o'ynab keta olishini qisqa vaqt ichida ko'rsatib berdi. Faqat bu o'rinda murabbiy ishonsa bo'lgani. Futbolda shunaqa ekan, kimdadir tajriba 25-26 yoshda kelsa, Oston 18 yoshdayoq kattalardek o'ynab ketdi. Bu ham Xudo bergan istedod.


- Bu o'rinda agentlarning ham roli katta, to'g'rimi? 

- Endi baribir futbolchining o'zida bo'lmasa agent nimayam qila olardi. Qarang, bizdan SHomurodov, SHukurov kabi futbolchilar chetga ketdi. Nima uchun? O'zida iqtidor bo'lgani uchun. 

Men xohlardimki, bizdagi futbolchilarga taklif tushdimi, ortiq ushlab turish kerak emas. Qancha ko'p o'yinchi legioner bo'lsa, terma jamoaga ham foyda. CHunki ular baribir kuchayib qaytadi. Mana Odil Ahmedov chetda o'ynab qanday darajaga etdi. Nasib qilsa, SHomurodov va boshqa futbolchilar ham shu darajaga chiqadi. 

To'g'ri, bu o'rinda klublarni tushunaman, hech kim futbolchini arzon pulga qo'yib yuborishni istamaydi. Ammo futbolchilarning kelajagini ham o'ylash kerak. SHu bois doim oltin oraliqni topgan maqul. Jaloliddin Masharipovga ham qanchadan beri aytib kelaman: bor, chetga borib o'ynab kel. Egor Krimecga ham shunday deganman. Krimec-ku legioner bo'lib o'ynab ko'rdi, lekin Masharipov variant borligida ketmasa, keyin kech bo'ladi.


- Yana bir savol. Nima deb o'ylaysiz, Eldor SHomurodov "Rostov"da qolgani maqulmi yoki ketganimi? 

- Eldor hozircha bir mavsumni "Rostov"da o'tkazdi va uning nimalarga qodirligini hammamiz ko'rdik. Lekin yanada kuchli bo'lishi uchun bir yoki bir yarim mavsum shu erda o'ynashi kerak deb hisoblayman. SHu bois uning "Rostov"da qolgani maqul. CHunki yana bir-ikki yil yaxshi o'ynab bersa, yanada zo'r takliflar bo'ladi. Rossiya chempionati ham kuchli, buni tan olaylik.

X.Xoliqov suhbatlashdi. 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика