"Marakana"dagi final yakunlandi. Libertadores kubogi "Palmeyras"ga nasib qildi!
31 jan 2021 03:28
Yangiliklar


"Marakana"dagi final yakunlandi. Libertadores kubogi "Palmeyras"ga nasib qildi!
Turnirning bu yilgi finali Braziliyaning 2 jamoasi o'rtasida bo'lib o'tdi. "Palmeyras" Breno Enrikening goli evaziga "Santos"ni engdi va musobaqa g'olibiga aylandi. Eng qizig'i, o'yindagi yagona gol uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo'shib berilgan 9-daqiqada urildi. SHu tariqa "Palmeyras" o'z tarixida 2-bor Lotin Amerikasining klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida zafar quchdi (1-chempionlik 1999 yilda qo'lga kiritilgan).
Malumot uchun, finalda imkoniyatni boy berib qo'ygan "Santos" jamoasi esa mazkur turnirda 3 bor g'alaba qozonishni uddalagan (1962, 1963, 2011).
Palmeiras Breno Lopes - 90' |
Copa Libertadores Final Stage . final-tur 31/01/2021, 01:00 0
:
1
Tugadi
|
Santos FC |
Palmeyras (Braziliya) – Santos (Braziliya) 1:0
31 yanvar, 01.00, "Marakana"
Gol:
1:0 – 90+9 Breno.
Palmeyras – Ueverton, Luan, Vinya, Gomes, Markos Rosha, Rafael Veyga (Alan Emperor, 90), Danilo, Gabriel Menino (Breno, 85), Ze Rafael (Patrik de Paula, 78), Luis Adriano, Roni (Melo, 90).
Santos – Djon, Para (Brunino, 90), Lukas, Felipe Jonatan (Vellington Karioka, 90), Diego Pituka, Soteldo, Luan Peres, Sandri (Lukas Braga, 73), Alison, Kayo Jorje (Madson, 90), Marino.
Ogohlantirishlar:
Lukas (10), Gomes (35), Vinya (58), Diego Pituka (70), Soteldo (90), Markos Rosha (90), Breno (90), Alison (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar