So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Maradonaning rekordini yangilagan slovakiyalik futbolchi haqida nimalar bilasiz? Yangiliklar

Maradonaning rekordini yangilagan slovakiyalik futbolchi haqida nimalar bilasiz?

Teglar :  Marek GamshikNapoli
"Napoli" klubining slovakiyalik yarim himoyachisi Marek Gamshik haqida malumot beramiz.

 


MAREK GAMSHIK
Tug'ilgan sanasi: 1987 yil 27 iyul
Millati: slovak
Ampluasi: yarim himoyachi



Jahon CHempionati-2010 ishtirokchisi. (Musobaqaning 1/8 finaliga etib borgan Slovakiya termasi sardori)
Evropa CHempionati-2016 ishtirokchisi.
"Napoli" tarkibida ikki karra bronza va ikki karra kumush medali sohibi. Ikki karra Italiya Kubogi va bir marotaba Italiya Superkubogi sohibi. 

Slovakiyaning 2009 va 2010 yillardagi "eng yaxshi futbolchisi".


Italiya futboliga befarq bo'lmagan muxlislar yaqin o'tmishdagi Gamshekni yaxshi biladilar. SHu sababli, bugun biz ko'pchilik bilgan Marek Gamshik haqidagi ko'pchilik bilmagan malumotlar to'g'risida so'z yuritamiz.

Marek Gamshik 1987 yilning 27 iyulida soat 18:30da CHexoslovakiyaning Banska-Bistrica shahrida Rixard Gamshik va ayoli Renata Gamshekning oilasida dunyoga keladi. Rixard Gamshik professional futbolchi bo'lgan va Marekning ona shahri jamoasi "Duklu" safida, avtofalokat tufayli faoliyatini yakunlagunga qadar maydonga tushgan. Onasi CHexoslovakiya gandbol terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Marek tug'ilganda uning ota-onasi bor-yo'g'i 18 yoshda bo'lishgan. Nabirasi tavallud topgunga qadar Marekning bobosi unga butsq sotib oladi. SHuningdek, Gamshikning bir singlisi bor. Mixaela ham onasi kabi gandbolchi bo'lgan, ammo yuragidagi muammolar tufayli sport bilan ertaroq xayrlashishga majbur bo'lgan.

Marek 4 yoshga to'lganda otasi uni «Yupi Podlavice» futbol klubiga olib boradi. Mashg'ulotga ota-onasi bilan qatnagan bolakay uchun yagona o'yinchoq futbol to'pi bo'lgan. Oradan bir yil o'tib u bolalar turnirining eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'riladi. Ko'pincha Marek Gamshik o'zidan yoshi katta futbolchilarga qarshi to'p tepgan, lekin o'shalarning orasida ham faolligi va chaqqonligi bilan yaqqol ajralib turgan. 1997 yili Marek jamoasi bilan Germaniyada o'tkazilgan musobaqada zafar quchadi. Klub 18 ta gol uradi va biror marta ham o'z darvozasidan gol o'tkazmaydi. Qaxramonimiz hisobiga urilgan gollarning 33 foizi, yani 6 gol yoziladi. 1998 yil Banskobistrickiy o'lkasi chempionati doirasida Dolna Strexova vodiysi jamoasi darvozasiga Marek Gamshek 16 ta gol urishga erishadi. Bu rekord hozirgacha yangilanmagan. 1998/99 yillar mavsumida Marek 38-o'yinda 111 ta (!) gol kiritadi. 

Gamshikdagi yuksak iqtidor "Sparta" jamoasi vakillari etiborini tortadi va uni CHexiyaga taklif qilishadi. 14-yoshli Marek qiyinchiliksiz ko'rikdan o'tadi, ammo bola  yangi jamoaga o'tishi uchun Marekning otasi yoki onasi Pragada ish joyiga ega bo'lishi zarur edi. Belgilangan vaqtda bu amalga oshmaydi va Gamshik "Praga"ga emas, bir necha hafta o'tib Bratislavaning "Slovan" klubiga ko'chib o'tadi.

"Slovan"ga Marek bobosi tufayli borib qoladi. Ko'rik davomida uchta o'yinda o'zining ishonchli o'yini bilan ajralib turgan Marekni «Slovan» yoshlar jamoasi murabbiyi Igor Bobik klubda olib qoladi. Ammo shu erda bir muammo paydo bo'ladi. Gamshikning sobiq jamoasi «Yupi» futbolchi uchun pul talab qila boshlaydi. Qonunga muvofiq «Slovan» 125 ming kron (Slovakiya pul birligi) to'lashga majbur edi. Ammo moliyaviy muammolar qiynayotgan «Slovan»ga bu ortiqcha bosh og'riq edi, shunda ushbu mablag'ni futbolchining otasi to'lab beradi. U o'zining "Felicia" rusumli mashinasini sotadi, do'stlaridan qarz olib turadi va o'g'lining sobiq jamoasi "og'zini yopadi". 2002 yilning 6 avgustida Marek Gamshik rasman «Slovan» futbolchisi deb elon qilinadi.

Yangi jamoadagi dastlabki kunlar og'ir o'tadi. Marek bor-yo'g'i 15 yoshda va o'zi uchun butkul begona shaharda, yolg'iz o'zi qolib ketadi. Lekin uddaburon Gamshik tinmay mehnat qiladi va bir necha oy o'tib, Slovakiya o'smirlar termasiga chaqiriladi. "Ko'klar" tarkibida qaxramonimiz o'smirlar va yoshlar o'rtasida chempionatlar g'olibi bo'ladi. Bungacha "Slovan" bunday natijaga 14 yil oldin, o'sha mashhur Peter Dubovskiy o'ynagan vaqtlar erishgandi.

2004 yil 24 iyulida 16 yosh va 362 kunlik Marek Gamshik "Slovan" asosiy tarkibida maydonga tushadi, raqib ikkinchi divizion vakili "Zemplin" klubi edi. Gamshikning o'sha debyut uchrashuvini xatto Slovakiya prezidenti Ivan Gashparovich stadiondan kuzatgan. 7 avgustda esa Marek "Tatran" bilan o'yinda jamoasi uchun birinchi golini uradi.


2003 yil oxirlariga kelib, Slovakiya yoshlar termasi futbolchisi Marek Italiyaning "Breshiya"si etiboriga tushadi. SHundan so'ng, italiyaliklar Gamshik va murabbiyi Yuray Vengloshni shahar va mashg'ulot bazasidagi sharoit bilan tanishtirishadi va qisqa vaqt orada shartnoma imzolanadi. Unga ko'ra, Gamshik 2005 yilning yozida, 18 yoshga to'lishi bilan, "Breshiya" futbolchisiga aylanadi. SHu joyda Marekning omadi chopadi va Italiyada futbol qoidalariga kiritilgan o'zgartirish sababli, futbolchi o'sha yilning noyabr oyidayoq Italiyaga ko'chib o'tadi. "Breshiya" futbolchi uchun bor-yo'g'i 60 ming evro mablag' sarflaydi.

Avvaliga Marek o'smirlar jamoasi safida maydonga tushadi. O'sha paytlarda italiyaliklar xatto uning familiyasi qanday yozilishini ham bilishmas edi. Malum vaqtdan so'ng, Gamshik jamoaning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylanadi va "Corriere dello Sport" nashrida yosh futbolchi haqida maqola chop etiladi.

2005 yilning 20 martida A seriyaning "Kevo"ga qarshi o'yinida Marek Gamshik asosiy jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazadi. O'shanda 17 yosh va 236 kunlik slovak matchning 65-daqiqasida maydonga tushadi, biroq jamoasini mag'lubiyatdan qutulib qolishiga yordam bera olmaydi va "Breshiya" 3:1 hisobida zafar quchadi. SHu tariqa, Gamshik hamyurtlari Milosh Glonek va Vratislav Greshkodan keyin A seriyada maydonga tushgan 3-slovak bo'ladi. O'sha mavsumni "Breshiya" ohirgidan bitta yuqori pog'onada yakunlaydi va B seriyaga ravona bo'ladi.

Yangi mavsumda Marek 17-raqamni tanlaydi va maydonga sezilarli darajada ko'proq tushadi. 2006 yilning 11 yanvarida Marek "Breshiya" tarkibidagi birinchi golini kiritadi. Bu hodisa Itali Kubogining 1/8 finali, "Milan" bilan bahsga to'g'ri keladi. 


O'yin 4:3 hisobida "Milan" foydasiga hal bo'ladi va "Breshiya" musobaqani tark etadi. Ichki chempionatda ham omadsiz ishtirok etgan klub, yakunda 10-o'rinni band etadi. Italiya jamoasidagi o'zining ikkinchi mavsumida Marek 28 ta uchrashuvda maydonga tushadi (24 tasi B seriyada va 4 bor Italiya Kubogida) va 1 bor raqib darvozasini ishg'ol etadi. 

Keyingi mavsumni asosiy tarkibning muqim o'yinchisi sifatida boshlagan Gamshik bir necha bor muhim gollar urishga muvaffaq bo'ladi. Ular orasida Kubokda "Milan" darvozasiga urilgan yana bir golni etirof etish lozim. Futbol ishqibozlariga sir emas, yosh iqtidorlar aynan kuchli jamoalarda o'zini ko'rsata olganidan so'ng etibor kuchayadi. O'sha yilning noyabr oyida "Liverpulya", Moskvaning CSKA va Donecning "SHaxtyor" klublari  skautlari "Breshiya"ning "Mantova" bilan uchrashuvini, jumladan, yarim himoyachini bevosita ish ustida ko'rish uchun tashrif buyurishadi. Tez orada qiziquvchilar qatoriga "CHelsi" va "Manchester Yunayted" ham qo'shiladi. "Breshiya" mavsumni 6-o'rinda tamomlaydi va Marek yangi mavsumni yangi jamoada boshlashi deyarli aniq bo'lib qoladi. Yozda Marekni o'z tarkibida ko'rish istagini "SHaxtyor" va 6 yillik inqirozdan qutulib, A seriyaga qaytgan "Napoli" bildiradi. Marek Italiyada qolishni maqul ko'radi va Neapol jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer narxi 5,5 million evroni tashkil etadi. "Breshiya» tarkibida Gamshik 74 o'yinda maydonga tushadi va 12 gol kiritadi. Etibor berdingizmi, vahima qilsa arziydigan ko'rsatkich emasdek va o'zimizning Oliy Ligamizdagi o'yinchilar ham bu natijani takrorlay oladigandek go'yo. Lekin, ammo, biroq... U Italiyada shu ishni amalga oshira oldi va yana takrorlaymiz, grand jamoalar bilan o'yinda urilgan gollarni ko'proq mutaxassis etiroq etadi va uzoqroq vaqt esda qoladi. 

"Napoli"da ham 17-raqamni tanlagan Marek, sotib olingan narxi bo'yicha kimsan Diego Maradonadan so'ng, klub tarixida ikkinchi o'rinni band etadi.Yangi jamoasi safidagi debyut 2007 yilning 15 avgustida ro'y beradi. O'sha uchrashuvda "CHezena" 4:0 hisobida taslim etiladi. Marek esa bittadan gol va hal qiluvchi pas sohibiga aylanadi. CHempionatning 3-turida Marekning "Sampdoriya" darvozasiga urgan goli g'alaba keltiradi. Bir nechta o'yindan so'ng yosh futbolchi yana manchesterliklar oromini o'g'irlaydi. Malumotlarga ishonsak, "MYU" o'shanda Marek Gamshik uchun 16 - 18 millionov evroning bahridan o'tishga tayyor bo'lgan. Mavsumni "Napoli" 8-o'rinda yakunlashadi va Intertoto Kubogi yo'llanmasiga ega bo'lishadi. Marek esa 37-uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishadi. Mavsum ohiriga borib futbolchiga Londondan "sovchi" keladi. "CHelsi" rahbariyati Gamshik uchun 20 millionov evro taklif qiladi, lekin bu transfer amalga oshmay qoladi. 

Keyingi mavsumning 7-turida "Napoli" uyda "Yuventus"ni qabul qiladi. 


0:1 hisobda ortda qolayotgan jamoa Gamshik va Esekel Lavessining goli evaziga irodali g'alabaga erishadi va Diego Maradona davridan beri ilk bor A seriya peshqadamiga aylanadi. 2009 yil yanvar oyida endi Milanning "Inter" klubi futbolchi uchun 40 million evro yoki Esteban Kambyasso va Xulio Rikardo Krusni almashish haqida o'ylayotgani haqida gap-so'zlar tarqaydi, lekin kelishuv amalga oshmaydi. Aynan Marek Gamshik Italiya (A seriya)ning "Eng yaxshi yosh futbolchi"si nomiga loyiq ko'riladi. Kurashda u Mario Balotelli va Sebastyan Jovinkoni ortda qoldiradi. SHu tariqa, Gamshik bu nomga erishgan birinchi chet ellik futbolchi bo'ladi. 

Ohirgi vaqtlarda Marek Gamshikni germaniyalik Marko Roysga o'xshatishmoqda. Nega deysizmi? "Borussiya"da o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatgan hamma futbolchilar boshqa jamoaga o'tib ketyapti. Faqat Roys ularni "uydan" kuzatib qo'ymoqda. SHunga o'xshash vaziyat Neapolda ham kuzatilmoqda. 


Lavessi, Kavani va kuni-kecha Iguain jamoani tark etdi. Bir necha oy avval tengi yo'q hujumchi, jamoa etakchisi, muxlislar yoqimtoyi bo'lgan Gonsalo bugun sal kam "Neapol xalqi dushmaniga" aylanib ulgurdi. Uni kechagina ko'klarga ko'tarib, maqtayotganlar bugun "shirin" gaplar bilan tilga olishmoqda. 

Gamshik esa hamon "Napoli" azosi. Bugungi darajaga etishida muhim rol o'ynagan jamoa bilan birga. Yillar o'tib, agar slovak faoliyatini Neapol shahrida yakunlasa, balki u ham tarixga kirgan mashhur futbolchilar, sadoqat timsollari qatoridan joy olar.  

"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik "Sampdoriya"ga qarshi A Seriyaning 18-tur uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHunday qilib, Gamshik "Napoli" safida o'zining 116-golini urdi va klub tarixidagi birinchi raqamli to'purarga aylandi. Bungacha Neapol klubining rekordchi to'purari Diego Maradona edi. Uning hisobida 115ta gol mavjud. 

Ko'proq pul taklif qiladigan jamoa chiqsa, eski qadrdonlarga xayr deyish, yoki klubda qolish har bir futbolchining shaxsiy ishi. 

Bugungi kunda jamoasiga Jiji Buffon, Rayan Giggz, Xaver Zanetti, Karles Puyol, Jon Terri, Filipp Lam, Paolo Maldini, Franchesko Totti kabi sadoqatli futbolchilar anqoning urug'i va buni talab qilishga haqqimiz yo'q. Sevimli jamoamizni biror etakchisi tark etsa, siqilganimizning ham, uni ortidan "chiroyli" gap aytganimizning ham foydasi yo'q.  

Kim biladi deysiz, "tanasi boshqa dard bilmas" deganlaridek, balki hamma o'z vaziyatiga qarab ish ko'rar. Lekin "ikkita yangi do'stdan, bitta eskisi yaxshi" degan gapni eshitgandim. Bu borada hammaning fikri har xil bo'lishi tabiiy. Nima bo'lganda ham asabingizni va yaqinlaringizni asrang!          


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика