So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Maradona va uning Jahon chempionatlaridagi yorqin lahzalari Yangiliklar

Maradona va uning Jahon chempionatlaridagi yorqin lahzalari

Diego Maradona jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan suhbatda o'zining Jahon chempionatlaridagi eng yorqin o'yinlarini eslab o'tdi.


Uning uchun bu yirik turnir alohida ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas. Birinchi va yagona qizil kartochka, "Asr goli" va boshqa voqealar aynan shu musobaqaga to'g'ri keladi.

1982 yil, 18 iyun

Argentina - Vengriya 4:1: Jahon chempionatidagi dastlabki gol

"Men bu golni kiritishni juda xohlagan edim. Biz birinchi bahsda Belgiyaga imkoniyatni boy bergan edik. SHu sabab ham bu uchrashuv ahamiyati juda muhim edi. Men bungacha yoshlar o'rtasidagi mundialda gol urgan edim, lekin agar sen bu ishni kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham takrorlasang, bu o'zgacha hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Yani, sen bu vaziyatda huddi-ki, yosh bolaga aylanasan va onang senga nonushta tayyorlab bergandek xursand bo'lasan.


1982 yil, 2 iyul

Argentina - Braziliya 1:3: Batistaga berilgan zarbadan keyingi chetlatilish

"Uchrashuvda menga oson bo'lmagan edi. 1:3 hisobida ortda qolayotganimizda braziliyaliklar bizning ustimizdan kulgandek juda ham erkin harakatlanishar edi. Ularning osonlik bilan to'pni bir-birlariga uzatishi bizni asabiylashtirgan edi. Tasavvur qilyapsizmi, raqib hisobda oldinda bormoqda va futboldan rohat olmoqda. Qo'shimchasiga, muxlislar ham "ole-ole-ole" deya ularni qo'llayotgan edi. Agarda sening qoning qaynoq bo'lsa, bu holatdan juda jahling chiqar edi. Batistaga zarba berganimdan afsusdaman. Bu juda yomon vaziyat edi.


1986 yil, 22 iyun

Argentina - Angliya 2:1: "Asr goli"

"Bu kabi golni oddiy musobaqada emas, balki Jahon chempionatida urish bolalikdagi orzu edi. Men haligacha bilmayman, qanday qilib himoyachilarni ortda qoldirganimni va Piter SHilton qarshisida paydo bo'lib qolganimni. Bu kabi katta kuchni qaerdan olganimni bilmayman. Bu vaziyatda hech kim meni to'xtata olmagan edi. Bu golimning videosini xohlagan vaqtimda ko'rib turaman va qarshimda onamni ko'rgach shunday deyman: "Ona yana sizmi? Bu videoni yana qancha ko'rishingiz mumkin?" - onam esa, bu gol unga juda yoqishini va uni ko'rishdan to'ymasligini aytadi va "Xohlasang sen buni ko'rma. Bor, o'z ishingni davom ettiraver. Men davom etaman" deydilar.



1990 yil, 24 iyun

Argentina - Braziliya 1:0: Klaudio Kanidjaning goli

"Braziliyaliklar bu golda Alemaoni ayblashadi. Lekin, shaxsan men bu gaplarga qo'shilmayman, undan shunchaki yugurish hisobiga qochib ketganman. O'sha vaziyatda meni na qo'li va na oyog'ini ishga solib, to'xtata olmagan boshqa o'yinchi edi. Demak, aybdor Alemao emas, balki Dungadir. Klaudio gol urgan vaziyatda men yaratganga va barcha bizni qo'llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirganman. Kanidjaning o'zi esa unchalik xursand ko'rinmagan va shunchaki mushtlarini ko'tarib qo'ygan edi. Huddi-ki ahamiyatga molik hech narsa bo'lmagandek edi. O'yin tugagach men undan so'radim: "Sen o'zi tushunyapsanmi, bugun nima qilganingni?" - "Xa, men gol urdim", -javob berdi u.

"Kiyinish xonasida braziliyaliklar menga futbolka sovg'a qilishdi. Bu mening do'stim bo'lgan Karekaning futbolkasi edi. Lekin, shundan so'ng, men ulardan g'alabani o'g'irlaganimizni his etdim. Ochig'ini aytganda, ular chorak finalga haqliroq edilar. Sababi, ular butun uchrashuv davomida darvozamizga hujum uyushtirishganiga qaramay, biz g'alaba qozongan edik. Aynan shu sabab ham futbol eng yaxshi o'yin.



1990 yil, 3 iyul

Italiya - Argentina 1:1 (penaltilar bo'yicha - 3:4)

"Bu men uchun alohida xotira. O'yin penaltilar seriyasiga qadar borganda, italyanlar o'z noroziligini yashirmagan edi. Ular asosiy va qo'shimcha vaqtlarda g'alaba qozonib ketishlari mumkin edi. De Agostini va Zenga durang hisobi nohaqlik bo'lganini aytishdi. Mening fikrim esa boshqacha edi. Men 11 metrlik nuqtaga yaqinlashganda hayolimda bir narsani o'yladim. "Agar men bu zarbani golga aylantira olmasam, hammasi yomon bo'ladi. Butun Argentinaning nafratiga duchor bo'laman". Lekin, men Zenga darvozasini ishg'ol etdim va shundan so'ng ularning futbolchisi "nuqta"da adashdi. Biz esa finalga yo'l oldik. SHunday qilib men italyanlarni finaldan mahrum qildim".



FIFA rasmiy saytidan Maqsud Yahyoev tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика