Maradona: “Urugvay bilan o'yindagi mag'lubiyatga Jerrard va himoyachilar aybdor”
21 iyu 2014 16:34
Yangiliklar
Maradona: “Urugvay bilan o'yindagi mag'lubiyatga Jerrard va himoyachilar aybdor”
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradona Angliya terma jamoasining JCH-2014dagi omadsiz ishtirokiga o'z munosabatini bildirdi.
“Urugvay bilan o'yinning ikkinchi bo'limida inglizlar tashabbusga ega bo'lishdi. Lekin hujumni yakunlaydigan futbolchi topilmadi. Deyarli bir-biriga o'xshash hujumchlar uyushtirildi. O'sha o'yindagi mag'lubiyat uchun aybni Jerrard va jamoaning butun himoya chizig'i o'z bo'yniga olishi kerak.
Birinchi golda Jerard Lodeyroga qarshilik ko'rsata olmadi. Ikkinchi golda himoyachilar Suaresning erkin harakat qilishiga yo'l qo'yib berishdi. Angliya o'z xatolari evaziga mag'lubiyatni sotib oldi”, – dedi Maradona.

Fikrlar