So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Maqsud Karimov: "Nasaf" O'zbekiston kubogini yutish darajasiga etib keldi" Yangiliklar

Maqsud Karimov: "Nasaf" O'zbekiston kubogini yutish darajasiga etib keldi"

O'zbekiston kubogi finali oldidan "Nasaf"ning tajribali himoyachisi Maqsud Karimov klub rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirdi.


 

- Finalga doimgidek tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Final bu o'z nomi bilan final. Bu erda kimning ruhiy tomonlama tayyorgarligi kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Biz avval ham finallarda ishtirok etganmiz. Lekin hozircha g'olib bo'lish nasib etmagan. O'sha paytdagi finalda o'ynagan tarkibimizni oladigan bo'lsak, raqib jamoaning tarkibidan kuchsizroq bo'lgan. Oldingi final o'yinlarida jamoamiz g'alaba qozonishga tayyor emasdi deb o'ylayman. Bunga tajribamiz kamligi pand bergan. Lekin hozir jamoamizdagi barcha futbolchilar finalni yutishga tayyorlar deb ayta olaman. Biz nihoyat g'alaba qozonib kubokni boshimiz uzra baland ko'tarishni juda istamoqdamiz. Finalda har ikkala jamoaning imkoniyatlari teng deb bilaman. Bizga ishonayotgan muxlislarning ishonchini oqlab, "Nasaf" tarixida yangi sahifa ochishga harakat qilamiz. Kubokni yutish uchun bizda yaxshigina imkoniyat mavjud va biz bundan unumli foydalanib qolishimiz zarur. Jamoamiz futbolchilari bilan ko'p yillardan buyon birga o'ynab kelmoqdamiz va hozirda bir-birimizni yarimta so'z orqali ham tushunib olishimiz mumkin. Aytoqchimanki, "Nasaf" O'zbekiston kubogini yutish darajasiga etib keldi.
"Bunyodkor" jamoasi haqida gapiradigan bo'lsam, ularning hech bir futbolchisini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. "Bunyodkor" jamoasining har bir futbolchisi yuqori mahoratga ega. Xavfni butun jamoadan kutish mumkin. Final bitta o'yindan iborat. Finalda jismoniy tayyorgarlik yoki boshqa jihatlar bo'yicha ham kuchli bo'lish kerak, lekin bular baribir ikkinchi darajaga tushib qoladi. Aytib o'tganimdek bu o'yinda kim aqlliroq o'ynasa, ruhiy jihatdan ustunroq bo'lsa va vaziyatlardan to'g'ri foydalana olsa, o'sha jamoa g'alabani ilib ketishi mumkin. Bu erda hozir jamoalarning chempionatda egallab turgan o'rni yoki boshqa narsalar hech qanday ahamiyatga ega emas. Finalda kim kuchliroq o'ynay olsa, yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lib, omadi chopsa o'sha marrani zabt etishi mumkin. Imkoniyatlar teng. Biz shu imkoniyatdan maksimum foydalanishga va muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика