So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  13 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

MAQOLA. O'zbekiston chempionati va “Bunyodkor” tarixidagi ilk xorijlik to'purar, jahon chempioni, "Oltin to'p" sohibi, xarobadan chiqqan Rivaldo haqida Yangiliklar

MAQOLA. O'zbekiston chempionati va “Bunyodkor” tarixidagi ilk xorijlik to'purar, jahon chempioni, "Oltin to'p" sohibi, xarobadan chiqqan Rivaldo haqida

Bugun Jahon chempioni, “Barselona”, “Milan”, “Bunyodkor” va Braziliya terma jamoasi afsonasi Rivaldo 48 yoshni qarshi oldi.

Dunyo yulduzining tug'ilgan kuni munosabati bilan uning faoliyati, hayoti haqida batafsil to'xtalish istagi tug'ildi.

ILK QADAMLAR

Rivaldo bundan roppa-rosa 48 yil oldin aksariyat braziliyaliklar qatori kambag'al oilada dunyoga keldi. Futbol uning uchun qashshoqlikdan chiqib ketish va odamlar bilan tanishish uchun yagona imkoniyat hisoblanardi. Bu borada u hatto bir necha marotaba akalari bilan bahslashardi, ularga futbolchi bo'lish istagi borligini tushuntirishga harakat qilardi. Biroq, shirin orzular og'ushida yurgan bolaning niyatlarini oilasidagilar homhayol sifatida qabul qilishadi. 

Futbolchi 16 yoshga to'lganida otasi Romildo vafot etadi. Otasining o'limidan ikki yil o'tib aniqrog'i, 18 yoshida o'zining birinchi professional shartnomasini imzoladi. Ammo, u dastlabki klubi bo'lmish “Santa Kruz”dagi faoliyati uzoq davom etmadi va tez orada “Mojimirim” jamoasining azosiga aylandi. Aytish mumkinki, bu ikki jamoa ham Braziliyaning S seriyasida qatnashardi. Bosqichma-bosqich iqtidorini namoyon qilib, o'sib borayotgan iqtidor yuqori darajadagi klublarning skautlarining etiboriga tushadi. Bu Rivaldoning hayotidagi unutilmas voqea sifatida xotirasiga muhrlanib qoldi. Boisi, uning uchun katta futbol va Evropa eshiklari ochilayotgandi. Jismonan zaiflik va tezkor dribling o'sha paytda ko'plab braziliyalik futbolchilarga hos hislat sanalardi. Rivaldo ham bundan mustasno emasdi. 

1993-1994 yillarda “Korintians”dagi o'yinlari uni mamlakatda tezda tanilishiga olib keldi. Tez fursatda klubda o'z o'rnini topgan futbolchi murabbiylarning qistovi bilan poziciyasini o'zgartirishga majbur bo'ldi. Aslida tayanch yarim himoyachi bo'lgan iqtidorni hujumchi ortiga joylashtirishdi. “Mojimirim” ijarada to'p tepayotgan futbolchisini sotishni istamadi. Uning uchun o'sha paytda katta summa hisoblangan 4 million dollar taklif qilishgan. Yakunda Rivaldo “Palmeyras”ga ko'chib o'tadi va ajoyib ikki yilni o'tkazadi. U mazkur klub safida 104ta uchrashuvda maydonga tushib 50dan ortiq gollarga mualliflik qiladi. Jamoasi bilan mamlikat chempionligini qo'lga kiritadi hamda ikki martadan Amerika kubogi va Braziliya kubogi finaligacha etib borishida katta hissa qo'shdi. Klub moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgach Rivaldoni mo'maygina pulga Ispaniyaning “Deportivo La Korunya”ga transfer qiladi va o'z holatini yaxshilab oladi. 

EVROPA

Yangi qitaga yo'l olgan futbolchining moslashishi kutganidan tezroq kechdi. Aytarli muammolarga yo'liqmadi ”Deportivo”da umumiy 41ta o'yinda qatnashdi va 21ta gol urdi. CHempionatda 22ta jamoa ishtirok etishini inobatga olsak, deyarli barcha jamoalarning darvozabonlari undan jabr ko'rishdi. Uning yordamida jamoa mavsum yakunida “Real” va “Barsa”dan so'ng uchinchi o'rinni egalladi. SHu yili u Raul bilan birgalikda to'purar bo'lishdi. Braziliyalik to'p teparning Ispaniyadagi ajoyib startidan so'ng uni “Barselona” rekord narh 18 million evroga sotib oldi. O'sha yillarda kataloniyaliklar bilan bir qatorda Rivaldo ham faoliyatining cho'qqisiga ko'tarildi. Portugaliyalik Figu bilan ajoyib tandemning harakatlariga uncha muncha jamoalar dosh bera olmasdi. Hikoyamiz qahramoni ushbu jamoada sof hujumchi sifatida o'ynamagan bo'lsada, 235ta uchrashuvda 140dan ortiq gollarni hisobiga yozdirdi. 1999 yil FIFA “Oltin to'p” uchun elon qilgan so'rovnomada birinchi bo'ldi va sovringa loyiq deb topildi. U Devid Bekhemni ortda qoldirishga erishdi. Rivaldo “Barselona”dagi eng yaxshi o'yini 2001 yilga to'g'ri keladi. Lui Van Gal boshchiligidagi jamoa chempionatning so'nggi turida “Valensiya”ga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuvning ahamiyati shunda ediki, shu kuni maydonda CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun jang ketayotgandi. Kuper ustozligidagi raqib jamoani esa durang ham qoniqtirardi. Teng kurashlar ostida ketayotgan bahsning oxirgi pallalarida Rivaldo “qaychi” usuldagi zarbasi orqali g'alaba to'pini kiritdi. 

O'yindan so'ng Ektor Kuper: “O'yinni o'zgartirib yuborishga qodir ko'plab futbolchilarni ko'rganman. Ammo 90 daqiqa ichida uch marotaba uch xil gol uradigan futbolchidan zarba qabul qilib olamiz deb o'ylamagan edim”, degandi. 

Malumotlarga qaraganda uning jamoani tark etishiga niderlandiyalik Van Gal bilan o'rtada yuzaga kelgan janjal sabab bo'lgan. CHunki, murabbiy markazda kuchli o'yin namoyish etadigan shoirdini qanot yarim himoyasiga qo'ya boshlagandi. 2002 yilgi mundialdagi g'oliblikdan so'ng u boshqa Katalonyaga qaytmadi. Jahon chempioni sifatida “Milan”ga kelgan Rivaldo bu erda avvalgidek, yorqin o'yin ko'rsata olmadi. Unda barcha narsa etarli edi. Maxorat, dribling, tajriba. Biroq, bulardan samara chiqmadi. 

Italiya chempionatida o'ynab keta olmadi degan fikrga qo'shilmayman. Xalqimizda: “Ustasiga farqi yo'q degan”,- maqol bejiz aytilmagan. Rivaldodek futbolchiga qaysi ligada o'ynashning ahamiyati yo'q edi. To'g'ri, u milanliklar bilan CHempionlar Ligasida kubokni boshi uzra baland ko'tardi. Ochig'ini aytganda esa bunda uning hissasi katta bo'lmadi. Hal qiluvchi pallalarda u asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. “Yuventus”ga qarshi finalda esa Karlo Anchelotti unga imkoniyat bermadi. Faoliyati tobora pasayib borayotgan futbolchi 2003 yilda ohirgi martta terma jamoaga chaqirildi. Sport formasini yo'qotgan futbolchining keyingi taqdiri jamoa almashtirish bilan o'tdi. “Kruzeyro”, “Olimpiakos” va AEKda ko'plab gollar urganiga qaramasdan avvalgi darajasiga qayta olmadi. Odatda Evropada bunday o'yinchilarni deyarli chiqitga chiqarishadi. 

O'ZBEKISTON

2008 yilning ikkinchi davrasida O'zbekistonda shov-shuv boshlandi. Jahon yulduzi Rivaldo “Bunyodkor” bilan kelishuvga erishdi. Oliy Ligaga endi ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan jamoa braziliyalik charm to'p ustasining tajribasidan unumli foydalanish payida bo'lishdi. Qari va yoshi katta bo'lsada o'zimizning mahalliy o'yinchilarimizdan bir necha marotaba ustunligi sezilib turardi. O'sha vaqtdagi Toshkent derbilarini aytmaysizmi ... Viloyatlardagi anshlaglar, stadionlarning to'lishi va hokazo. 2009 yilda 20ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi bo'lgan futbolchi bir qator rekordlarni o'rnatdi. O'zbekiston chempionati tarixidagi birinchi xorijlik to'purar, “Bunyodkor” tarixidagi ilk chet ellik to'purar kabi maqomlarni oldi. Pul bilan bog'liq muammolardan so'ng jamoani tark etgan Rivaldo Angola chempionati havosidan ham bir muddat nafas oldi. Faoliyatining so'ngi yillarida “San-Kaetano” va “Mojimirim” uchun o'ynadi va futbolchilikni yakunladi.

TERMA JAMOA

Terma jamoadagi debyutini 1993 yilda nishonlaganiga qaramasdan Braziliya milliy jamoasi murabbiyi Alberto Perreyra uni 1994 yilgi Jahon chempionatiga yo'l oluvchi futbolchilar ro'yhatiga kiritmadi. Rivaldo o'zidan to'rt yosh kichik bo'lgan Ronaldodan farqli o'laroq oltin medalan mahrum bo'ldi. Biroq, oradan to'rt yil o'tgach Franciyadagi mundialda Rivaldo, Ronaldo, Bebeto triosi terma jamoaning asosiy quroli bo'lib hizmat qildi. Oradan bir yil o'tgach u Braziliya bilan Amerika Kubogida oltin medallarni qo'lga kiritadi va termasi jamoning chempionligiga munosib hissa qo'shadi. Biroq, afsungarning termadagi eng zavqli damlari albatta 2002 yilgi SHarqiy Osiyo mamlakatlarida o'tkazilgan jahon chempionatiga to'g'ri keldi. Rivaldo guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda gol urdi. 1/8 finalda Belgiya terma jamoasiga qarshi og'ir uchrashuvda hisobni ochdi. CHorak finalda Angliya bilan uchrashuvda hisobni tenglashtiruvchi to'pni kiritdi. Finalda Ronaldoning nemislarga qarshi qaqshatqich zarbasini barcha darsliklarga kiritish mumkin. Bunda siz qanday qilib to'pga tegmasdan gol muallifi bo'lishingizga yaqqol misoldir. U terma libosida barcha rasmiy musobaqalarda 74ta o'yinda qatnashib, 33ta gol urdi.

XOTIMA

Uni ilk jamoasida “chap oyoqlik o'rdak” deb chaqirishganini qiziqarli fakt sifatida aytishimiz mumkin. Uning o'ziga xos ayyorliklari ko'pchilikning yodidan chiqmagan. Yurtimizdagi faoliyati davomida ham Rivaldo ko'pincha turli bahonalari ro'kach qilib maydonga tushmaslikka harakat qilgani haqida eshitganmiz. Har bir futbolchining xarakteri turlicha bo'ladi. Buni tushunish lozim. Nima bo'lganda ham uning o'yinlaridan o'zbekistonlik muxlislar jonli tarzda bahramand bo'lishdi. Bu esa har kimga ham nasib qilavermaydi!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика