Manuel Pellegrini: "LaLiga bunday sharmandalikdan qutulishi kerak"
22 avg 2021 12:35
Yangiliklar
Manuel Pellegrini: "LaLiga bunday sharmandalikdan qutulishi kerak"
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini ligadagi sekin o'yin tempi va simulyaciyalarni tanqid qildi.
"Hakamlar, murabbiylar, futbolchilar - LaLigadagi barchamiz bunday sharmandali holatdan qutulish borasida o'ylashimiz kerak. Yig'ilishlarda ko'p bora LaLiga Evropadagi eng past templi liga deb aytildi.
Odamlar futboldan dam olishni, shou ko'rishni istashadi, biz esa bunday darajada emasmiz. Kimlardir vaqtni o'ldiradi, kimlardir simulyaciya ishlatadi.
SHou - odamlar diqqatini qaratadigan tadbir. Odamlar shuning chiptasiga pul to'lab ko'rishmoqda. Biz esa diqqatni tortadigan ishlarni qilishimiz kerak", - dedi Pellegrini.
Fikrlar