Manuel Pellegrini: "LaLiga bunday sharmandalikdan qutulishi kerak"

Mirjalol Normatov
22 avg 2021, 12:35
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini ligadagi sekin o'yin tempi va simulyaciyalarni tanqid qildi.

"Hakamlar, murabbiylar, futbolchilar - LaLigadagi barchamiz bunday sharmandali holatdan qutulish borasida o'ylashimiz kerak. Yig'ilishlarda ko'p bora LaLiga Yevropadagi eng past templi liga deb aytildi.

Odamlar futboldan dam olishni, shou ko'rishni istashadi, biz esa bunday darajada emasmiz. Kimlardir vaqtni o'ldiradi, kimlardir simulyaciya ishlatadi.

Shou - odamlar diqqatini qaratadigan tadbir. Odamlar shuning chiptasiga pul to'lab ko'rishmoqda. Biz esa diqqatni tortadigan ishlarni qilishimiz kerak", - dedi Pellegrini.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal