Manuel Pellegrini: "Siti" har doim adolatsiz tanqid qilingan."Chelsi", MYU, "Liverpul", "Arsenal" ham ancha boyligini sarflagan"

Sherzod Nurmatov
8 mar 2023, 18:23
Manuel Pellegrinining fikricha, "Manchester Siti" katta mablag' sarflagani uchun nohaq tanqid qilinadi.

"Siti"ning tanqid qilinishi har doim juda adolatsiz bo'lib kelgan. Agar klublar o'rtasida astronomik tafovut bo'lsa, ehtimol [tanqid adolatli bo'lardi], lekin "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal" ham butun bir boyliklarini sarf etishgan.

Bir klub futbolchini 100 millionga olmoqchi bo'lganda, "Siti" kelib, 200 million to'lagan paytlar uchramagan. Bunday narsa kuzatilmagan.

Bu har qanday iqtisodiy faoliyatga o'xshaydi: qancha ko'p pul bo'lsa, shuncha yaxshi. Albatta, qandaydir nazorat kerak, lekin mamlakatdan ham, xorijdan ham qancha sarmoya kiritilsa, liga shunchalik jozibador bo'ladi", – dedi ilgari "Siti"ni boshqargan "Betis" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail