"Al Nasr"ni boshqarishi kutilgan murabbiy: "Umid qilamanki, shartnomamni yakuniga etkazib qo'yaman"

Mirjalol Normatov
6 iyun 2023, 21:12
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini klubdagi kelajagi borasida gapirdi.

"Klub bilan yana 2 yillik shartnomam bor. Umid qilamanki, buni oxirigacha etkazib qo'yaman. Jamoa birgalikda rivoj topishini, odamlarni xursand qilishini barchamiz istaymiz. "Betis" bilan 2 yillik shartnomam bor va bu yerdan ketishga, bu yerda ishlamaslikka sabab ko'rmayapman. Umid qilamanki, bizga ishongan insonlarning ishonchini poymol qilmayman", - dedi mutaxassis.

Oldinroq Pellegrinining "Al Nasr" bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzod ekanligi aytilgandi. U 2020 yildan buyon "Betis"ni boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa mavsumni 6-o'rinda yakunlab, Yevropa ligasiga yo'llanma oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal