So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Manuel Pellegrini: “Futbolda faollik ortib bormoqda” Yangiliklar

Manuel Pellegrini: “Futbolda faollik ortib bormoqda”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini taktika, ijodkor futbolchilarning o'rni va o'z ustida ishlashning afzal tomonlari to'g'risida xorijlik hamkasblarimizga bergan intervyusida alohida to'xtaldi.


Sovrinlar bilan birga jamoaning o'sib borishi ham asosiy jihatlardan biri ekaniga urg'u berdi.


– Jamoa oldiga joriy mavsum qanday maqsad qo'yilgan?

– CHempionlar ligasida o'sishga erishish zarur. SHu bilan birga premer-ligani ham esdan chiqarish kerak emas. Bor kuchimizni CHempionlar ligasiga yo'naltirmaymiz. Agar chempionatda g'alaba qozonib, CHempionlar ligasida uzoqroqqa borsak, bu rivojlanishni bildiradi. Lekin Angliyada sovrinni CHempionlar ligasi uchun boy bersak, menimcha, bu o'sish emas.

“Siti” uchun Evropadagi pley-off qanchalik muhim?

– Bu jamoa uchun juda muhim tajriba. Guruh bosqichidan o'tilganining o'zi futbolchilardagi ishonchni oshiradi. Umid qilamanki, Evropada tajribaliroq jamoani ko'ramiz. U bir yil avvalgidan yaxshiroq ishtirok etishga intiladi.

CHempionlar ligasining oxirgi mavsumida taktik jihatdan yangiliklar sezdingizmi?

– Taktik tarafdan bu bir necha yil oldin boshlangan va hozir kuchayib bormoqda – maydonda futbolchining tezligi oshdi. Bir poziciyada ushlanib qoladigan o'yinchini topish qiyin.

Markaziy hujumchilar maydon bo'ylab harakatlanmoqda. Maydonning turli burchagida paydo bo'ladigan futbolchilarni yopish qiyin. Bu yarim himoyachi va hujumchilarning o'zgarib borayotganini bildiradi. Himoyachi uchun bo'shliq paydo bo'lishining oldini olish muhim. Bu o'zgarishlar yordamida futbol ko'proq kuch talab etadigan bo'lib bormoqda.

Erkinlik hujumchi uchun foydalimi?

– O'ylashimcha, ha. Ijodkor futbolchilar qarshiliksiz yurishni yoqtiradi. Himoyachiga esa qiyinroq, u o'yin davomida bir futbolchiga bog'lanadi. Himoyachi uning uslubini bilishi mumkin, lekin rotaciya yuz berganda turli o'yinchilar maydonning turli joyida paydo bo'ladi. O'shanda ikkilanish yuzaga keladi: poziciyani saqlab yoki senga topshirilgan raqibni yopish. Bunday yurishlar ijodkor o'yinchilarga yoqadi va himoyachiga bosh og'riq keltiradi.

– Serxio Aguero – boshqacha hujumchi, shundaymi?

– Aguero – jahonda eng yaxshi futbolchilardan biri. U “Oltin to'p”ga davogarlik qilishi mumkin, yuqori saviyadagi ijrochi nomiga to'liq mos keladi. Serxio texnik tarafdan juda kuchli, tez va ishonib bo'lmas darajada qatiydir. Yana u aqlli va yarim himoya hamda hujum oralig'ida ham harakatlana oladi. Uning yordami bilan muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishonaman.

David Silva haqida nima deysiz?

– David jahonning eng yaxshi pleymeykerlari qatoriga kiradi. Hujumdagi dirijyor. Uning ajoyib sifati – kesib o'tuvchi to'p oshirishlar. Hujumchilarga u kabi pas beradigan futbolchilar ko'p emas.

– Sizda o'zingiz yoqtirgan taktik sxema bormi yoki raqibdan kelib chiqasizmi?

– Yoqtirgan sxemam yo'q. Futbolchilar turli ko'rinishlarda o'ynashi mumkin. Masalan, ikki nominal hujumchini tushirsa bo'ladi va ular o'rnida turmasdan qanotlarga intilib, bo'sh hududlarni yuzaga keltiradi. Keyin ijodkor qanot yarim himoyachilari bilan o'ynash mumkin. SHunda bir hujumchi ichkaridan yorib kiradi, boshqa biri esa qanotga ochiladi. Agar vinger bilan o'ynalsa, unda markaziy hududdan zarba berish mumkin.

Taktik imkoniyatlar juda ko'p. Lekin men ulardan biriga yopishib olmaganman.

Zarur sxemani qachon aniqlaysiz?

– Men uchun taktika futbolda aql, fikrlashni qo'llash uchun kerak. Uni aniqlash va o'yinda voqealar sen xohlagandek ketmasa, o'zgartirish mumkin.

Agar jamoa barcha uchrashuvni taktika hisobiga yutmoqchi bo'lsa, unda u o'zligini yo'qotadi. Katta klublar birinchi navbatda individual uslub va o'ziga xoslikka ega bo'lishi lozim. Qachon u ish bermasa, shunda qiyin vaziyatdan chiqish uchun taktik o'zgarishlarga qo'l urish darkor.

– Avvalgi mavsumda CHempionlar ligasida 75 foiz holatda birinchi gol urgan jamoalar o'yinlarni yutishdi. Nima uchun birinchi gol bunday katta ahamiyatga ega?

– Ikki sababi bor. Birinchidan, quvib yurgan jamoaga qiyinroq bo'ladi. Gol urgan taraf ustunlikka ega bo'ladi – himoyada ko'proq futbolchilari harakatlanadi. Gol urganingda natijani saqlab qolish va qarshi hujumlar uchun bo'sh hudud yuzaga keltirish osonroq. Bu zamonaviy futbolda katta yukka ega bo'lgan taktik jihatlardan biridir.

O'zingizni yutqazayotgan jamoa o'rniga qo'yib ko'ring. Ular vaziyatni o'nglashi lozim, vaqt esa o'tib boryapti. Suratni qanchalik ko'targani va oldinga tezroq o'tgani sari harakatlarda noaniqlik ko'payib boradi. Ruhiy taraflama qiyinroq bo'ladi, chunki o'yin oxiri yaqinlashib boradi.

Boshqa tomondan oldinga chiqib olgan jamoa atayin tashabbusni berishi mumkin. Bunday holatdan keyin unda yangi zarbaga ko'proq vaqt yuzaga keladi. Har qanday holatda vaqt va aniqlik katta ahamiyat kasb etadi. SHu bilan bir qatorda natija uchun masuliyat ham turadi.

– Surat va barqaorlikni nazorat qilish qanchalik muhim?

– Uni to'pni nazorat qilish bilan boshqarasiz. To'pni saqlash juda muhim. Bu tez-tez urilgan gollarga bog'liq bo'ladi. Raqib unga taklif etilgan suratda o'ynaydi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика