So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Manuel Noyer: "Tavakkal qilishga biror narsani o'ylamasdan boraman" Yangiliklar

Manuel Noyer: "Tavakkal qilishga biror narsani o'ylamasdan boraman"

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer yana bir marta “Oltin to'p”ga davogarlar qatoridan o'rin oldi. “France Football” nashriga bergan intervyusida sovrin uchun kurashda imkoniyatini deyarli nolga teng baholab, mahorat borasida sirlarini oshkor qildi.


– O'tgan yili “Oltin to'p”ga davogar bo'lib, yakunda uchinchi bo'lgansiz. Bu yil g'alabaga imkoniyat bormi?

– To'g'risini aytsam, yo'q. Jahon va Evropa chempionati o'tmadi. SHu sababli nomzodlar orasida darvozabonlar kam.

Ehtimol, jamoadoshingiz Robert Levandovskida uchlikka kirish imkoniyati bordir? U ko'p gol urmoqda.

– Unga yil ramziy jamoasidan o'rin olish ham qiyin bo'ladi. Unga terma jamoa bilan omad kulib boqmagan. Polsha terma jamoasi Evropada eng kuchlilardan emas va ko'p etiborni jalb qilmaydi.

U hozir shunchaki hammasini ajoyib uddalayapti.

– Robert universal futbolchi. Mashg'ulot paytida darvozam tomon ko'p zarba beradi va o'yin chog'ida gol uradigan holatga tushib oldi.

– O'tgan yili Ronaldu va Messidan keyin uchinchi bo'lganingizda bundan xafa bo'lganmisiz va ular orasida bo'lish katta faxrmi?

– Baxtli edim! Darvozabonlar uchun bu katta natija. To'g'risi, Cyurixdagi oqshomda shunchaki maza qilgandim.

– Darvozadagi o'yiningizda qandaydir o'ziga xos jihat bormi?

– Zamonaviy futbolda men faqat to'pni qaytarib qolmay, jamoaviy o'yinda qatnashishim va taktik sxemaga moslashishim talab etiladi. SHunday harakat qilishim kerakki, chiziqlar orasida uzilish yuzaga kelmasin, himoyachilarga imkon qadar yaqinroq bo'lishim kerak. Zarur paytda oldinga borib, kombinaciyada ishtirok etishim darkor.

– Sizning o'yiningiz darvozabonlar orasida inqilob boshlab bergani aytildi. Bunga qo'shilasizmi?

– O'zimni asosiy o'zgartiruvchi deb o'ylamayman. Yangicha tarzda o'ynashni birinchilardan bo'lib Edvin van der Sar boshlagandi. U tez-tez oyog'i bilan o'ynagan va uning harakatlanish hududi boshqa posbonlarnikiga qaraganda kengroq edi.

– Jamoaviy o'yinda qatnashish va jarima maydonidan tashqarida o'ynashga intilish sizda qaerdan paydo bo'lgan?

– To'p bilan ishlash hamisha yoqadi. Bolaligimda Gelzenkirxenda ko'chada bolalar bilan o'ynaganimda darvozada turmasdim. To'p bilan xayrlashishim oson emasdi. 13 yoshgacha juda kuchli tennischi bo'lganimni ayta olaman.

– Tennis ham tasir o'tkazganmi?

– Darvozabonlar uchun foydali sport turi. Tennis maydonida harakat qilish, harakat yo'nalishi darvozabonlarning jarima maydonidagi harakatiga o'xshab ketadi. Tennis o'yinni to'g'ri o'qish, baho berish qobiliyatini o'stiradi.

– Zamonaviy posbonlar oyoqlari bilan ko'proq o'ynaydi va texnik tarafdan yaxshiroq. Bu vaqt tasirimi?

– Juda to'g'ri. Germaniyada hamisha kuchli darvozabonlar maktabi bo'lgan. Posbonlar professional futbolga kelganda ular texnik, jismoniy va taktik tarafdan etarlicha tayyorlangan bo'lishadi. Mashg'ulotlarda juda tezlik bilan to'g'ri harakatlanish, vaziyatni baholashda qatnashadi, kvadratda bir teginishda o'ynashni o'zlashtirishadi. Men boshlaganimda hali bunday emasdi. Lekin o'zim doim yaratuvchan harakatlarda qatnashishga intilganman.

Van der Sardan o'rnak olganmisiz?

– Ha, uning uslubi menga yoqqan. Va “Ayaks” ham: ularni kuzatib, o'yinlarini ko'rib borganman.

Siz haqingizda “Bavariya”da Oliver Kanning munosib almashtiruvchisi sifatida gapirishdi. U darvoza oldida va havodan kelgan to'plarga yaxshi o'ynardi, biroq oyoqda unchalik yaxshi bo'lmagan. Hozir u qanday o'ynagan bo'lardi?

– SHubhasiz, u yangi talablarga oson moslashib ketardi. Biroq uning davrida darvozabonlar jamoadoshlari oshirgan to'pni qo'l bilan ushlashi mumkin edi. SHuning uchun 1990-yillarda oyoq bilan o'ynash darvozabonlar uchun unchalik muhim bo'lmagan.

Uchrashuvlarda kamdan-kam xato qilasiz. SHunday holat ro'y bersa, nima qilasiz?

– Odatda xatoim nimadaligi va undan qanday qochish mumkin bo'lganini bilaman. O'yindan keyinoq kiyinish xonasida darvozabonlar murabbiyi Toni Tapalovich bilan uchrashib, asosiy bir-ikki holatni muhokama qilamiz. Tapalovich tez-tez kompyuteri qarshisida o'tirib, qanday harakat qilganimni ko'rsatadi. Muhimi, bir-birimizga faqat haqiqatni gapiramiz.

Xatoni qancha vaqt eslab yurasiz?

– O'yin davomida barchasini unutish lozim. Aks holda, etiborni yo'qotasan. Keyingina o'sha vaziyatni eslash mumkin. Hech qachon birortasiga masuliyatni yuklamayman, o'zimga nisbatan tanqidiy munosabatdaman. Bu oldinga intilishga yordam beradi.

– Hozir xatolarni faoliyatingiz boshiga qaraganda osonroq engib o'tasizmi?

– Yoshlikda xatolarni qiyinchilik bilan tan olasan. Vaqt o'tishi bilan tushunish keladi, xatolar ishning bir qismi. Ishim tavakkal bilan bog'liqligini anglash etishga vaqt kerak bo'ldi. Ayni paytda o'zimga 10 yil oldingina nisbatan ko'proq talabchanman.

Bu nimani bildiradi?

– O'yinimdan qoniqmayman, bu vaqtda matbuot menga yuqori baho qo'yadi. Bazida boshqa holatlar ham uchraydi: uchrashuvda ish topilmaganini aytishadi, men esa mavsumdagi eng yaxshi o'yinimni o'tkazgandek bo'laman. Muammo qanday qabul qilishda. Futbolni televizordan ko'rayotgan va uni o'ynayotganlar uni turlicha ko'rishadi.

Pep Gvardiola sizdan nimani talab qiladi?

– U darvozabon kombinaciyalarda faol qatnashishini xohlaydi, maydonda 11-o'yinchiga aylanish lozim. To'p bizda bo'lganda darvozadan uzoqroq chiqib, maydon markaziga yaqin joyda harakat qilishimni istaydi.

Bu mashg'ulotlarda qanday ishlanadi?

– Maydonning bir qismida tez-tez 11 nafardan bo'lgan holda o'ynab turamiz. SHunday o'yinlarda ham posbonlar oldinga chiqib, himoyachilarga yaqinroq o'ynashi kerak. Gvardiolaning talabi darvozabon har qanday vaziyatda to'pni qabul qilish uchun ochilishi shart. Va qo'rqmasligi shart.

Biroq bu juda tavakkal!

– Albatta, lekin ishim shunday. Bazida biror harakatdan keyin o'ylayman: amalga oshirdim, biroq keyingi safar omad kulib boqmasligi mumkin.

– Darvozadan uzoqda hech qachon ko'rqinchli bo'lmaganmi?

– Qo'rquv – siz his qiladigan tuyg'u emas. Tavakkal qilishga biror narsani o'ylamasdan boraman. O'zingga ishonish lozim. Menda tajriba bor va chiqish-chiqmaslik kerakligini his etaman.

Bazan maydon markazida to'pga tashlanasiz.

– Buni yoqtiraman, ayniqsa maydon sirpanchiq bo'lganda. Maydonda hamma narsani uddalaydigan posbon bo'lishni xohlayman.

Sizdan yana nimani kutish mumkin? Ehtimol, raqib jarima maydoniga etib borib, darvozaga zarba yo'llarsiz?

– Bu endi juda oshirilgan, buni qanday qilishni bilmayman. Murabbiy istaganda jarima maydonidan chiqaman, biroq boshni yo'qotmagan holda.

– Darvozabon yanada foydaliroq o'ynashi lozim deb hisoblaysizmi?

– Men shou qo'yadiganlardan emasman. Bazi hamkasblarim buni mendan ko'proq uddalashadi. Vazifam oddiy: to'pni qabul qilish va tezroq uni oshirish.

– Lekin jarima maydonidan tashqarida tobora ko'proq vaqtni o'tkazyapsiz?

– SHunday. Posbonlar doimo darvoza oldida turadigan payt o'tib ketgan. Hozir uning harakati bir necha yillar oldin markaziy himoyachilar amalga oshirgan ishga o'xshash. Vazifa ortib bormoqda. SHu sababli o'qitish uslubi ham o'zgargan. Bu yosh darvozabonlarda sezilib turadi. Akademiyadan kelayotganlar texnikali va har ikki oyoqda yaxshi o'ynashadi.

Kelasi yilning 27 mart kuni 30 yoshga to'lasiz. Yana o'sishingiz mumkinmi?

– Muhimi, havolanib ketmaslik. Doimo ishlashga sabab topiladi, biroq men uchun sirli bo'lgan narsalar qolmadi. Lekin oldinga chiqish va yakkakurashlarda o'sishga sabab topiladi. Biroq axmoqona gollar o'tkazmaslik uchun ehtiyot bo'lish darkor.

– 30 yosh darvozabonlar uchun eng gullagan paytmi?

– Bunga katta etibor bermayman. Muhimi, jismoniy tarafdan yaxshi holatda bo'lish. Kelajak haqida o'ylashni xohlamayman. Bugungi kun bilan yashayman. 5 yildan bizga nima bo'lishini kim biladi?

Sizni ideal darvozabon deyish mumkinmi?

– Yo'q, bundaylar mavjud deb o'ylamayman.

– Nemis darvozabonlar hozir o'zlarini ko'rsatmoqda: Mark-Andre ter-SHtegen “Barselona”da, Kevin Trapp “PSJ”da o'ynayapti.

– Germaniyada hamisha ajoyib darvozabonlar bo'lgan va bo'ladi. Xuddi himoyachilar kabi. Terma jamoa murabbiylari oldida doim tanlov imkoniyati bor. Bu maktablarda qilinayotgan katta ishlar natijasidir.

Demak, sizni Trappning “Ayntraxt”dan “PSJ”ga o'tgani hayratga solmadi?

– Kevinni anchadan beri bilaman. U yuqori saviyadagi posbon, uni barcha yoshdagi terma jamoalarga chaqirishgan. “Ayntraxt” bilan Evrokuboklarda faqat 2013-14 yilgi mavsumda qatnashgan.

– Trapp terma jamoa darvozaboni bo'lishi mumkinmi?

– Dastlab “PSJ”da asosiy posbonga aylanishi kerak. Muammo shundaki, bizda ajoyib posbonlar avlodi bir davrga to'g'ri kelgan. Bu esa bosh murabbiy Yoaxim Lyovni qoniqtiradi.

– Jahon chempionatida Franciya bilan uchrashuv oxirida Benzemaning zarbasidan keyin to'pni bir qo'lda qaytargansiz.

– O'yin yakunlanib borardi, u juda keskin edi. CHarchoqni his qildik, havo juda issiq bo'lgan. Bunday holatda sezgiga ko'proq ishonasan, zarbaga o'z-o'zidan reakciya berdim.

O'shanda buni gandbol posbonlari o'yiniga tenglashtirishgandi.

– O'xshash, o'shanda zarba kuchli chiqqani bois to'p yo'liga qo'limni qo'yib, uni uzoqroqqa urish qolgandi.

– Hozir terma jamoangiz qanday holatda?

– Lam, Mertezaker va Klozening ketishi bilan u o'zgardi. Saralashda bir qator omadsiz o'yinlarni o'tkazdik. Biroq katta g'alabadan keyin bu odatiy hol. Avvalgi suratga qaytish uchun malum vaqt lozim.

Hamon har bir turnirda yutishni istaysizmi?

-Ha. Evro-2016ni yutishni xohlaymiz. Biror marta uni yutmaganman. 2008 va 2012 yillarda bunga yaqin bo'lgandik. Hozircha uni yutish jahon chempionatidan ko'ra qiyinroq bo'lmoqda.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика