Manuel Noyer oyog'ini sindirib oldi
10 dek 2022 18:15
Yangiliklar
Manuel Noyer oyog'ini sindirib oldi
"Bavariya" sardori Manuel Noyer chang'i uchish chog'ida kutilmaganda oyog'idan jiddiy jarohat oldi.
Germaniyalik posbon tatil paytida oyog'ini sindirib olgan va jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazganini Instagram’dagi sahifasida malum qildi. Voqea sodir bo'lgan paytda tajribali darvozabon chang'i uchayotgan edi. Bu uning eng kamida bir necha oylarga safdan chiqqanini bildiradi. U butun mavsumni ham o'tkazib yuborishi mumkin.
Myunxen klubi va Yulian Nagelsmann endi jamoaning ushbu nuqtasida jiddiy qiyinchilikka duch kelishi tabiiy. Eng to'g'ri yo'l yanvardagi transferlar oynasiga posbon izlab kirishdir. "Monako"da ijarada bo'lgan Aleksandr Nyubelni qaytarish varianti ham o'ylab ko'rishga arziydi. Qatardagi mundialda ko'plab darvozabonlar porladi. Ulardan birortasini tarkibga jalb qilishga urinib ko'rish ham mumkin.
Fikrlar