Manuel Noyer faoliyatida ilk bor 6 ta to'p o'tkazdi
18 noy 2020 08:08
Yangiliklar
Manuel Noyer faoliyatida ilk bor 6 ta to'p o'tkazdi
Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi 6-turi doirasida Germaniyaga javobsiz 6 ta gol urdi.
Ushbu bahsda nemislar darvozasini Manuel Noyer qo'riqladi. Qayd etilishicha, bu posbon uchun faoliyatidagi bitta o'yinda darvozasidan eng ko'p to'p olib chiqqan bahs bo'ldi. Manuel Ispaniya bilan o'yinga qadar o'z darvozasidan hech qachon 6 ta to'p olib chiqmagan edi.
SHuningdek, “Bavariya” posboni Germaniya terma jamoasi safidagi 96-o'yinini o'tkazdi. U darvozabonlar orasida mamlakat bosh jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.
Fikrlar