So’nggi yangiliklar

16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  1 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  4 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  1 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  25 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  3 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  20 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  13 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  12 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  9

Mansur Davletov: “Keyingi yil “Xorazm” oliy ligaga chiqish uchun kurashadi” Yangiliklar

Mansur Davletov: “Keyingi yil “Xorazm” oliy ligaga chiqish uchun kurashadi”

Xabaringiz bor, kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich, 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Urganchda mahalliy “Xorazm” jamoasi Toshkentning “Oq-tepa” klubini qabul qildi va raqibi ustidan yirik, 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur o'yindan so'ng, “Xorazm” bosh murabbiyi, Mansur Davletov bilan suhbatlashdik.

- Mansur aka, “Oq-tepa” bundan oldin o'z maydonida “Mashal”ni mag'lubiyatga uchratgandi. Bugun esa sizlar mazkur klubni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdinglar. Raqib jamoa bo'sh o'yin ko'rsatdimi?
- O'yin juda ham qiziqarli kechdi. Stadionga kelgan tomoshabinlar ham o'z uylariga ko'tarinki ruhda qaytdi deb o'ylayman. SHogirdlarim barcha qo'rsatmalarimni to'g'ri va aniq bajardi. Bu gaplarni o'yinda g'alaba qozonganimiz uchun aytayotganim yo'q. CHindan ham futbolchilar bugun o'zlarini to'liq ko'rsata oldi. SHuning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

“Oq-tepa”ga keladigan bo'lsak, bu jamoa ham anoyilardan emas. O'zingiz takidlab o'tganingizdek, “Oq-tepa” o'tgan turda “Mashal”ni ochko yo'qotishga majbur qilgandi. Bugun ham yomon o'yin namoyish etmadi. Tarkibida oliy liga o'yinlaridan bahra olgan bir qator o'yinchilar bor. Bu jamoa bilan oraliq tanaffusda, poytaxtda tayyorgarlik ko'rayotganimizda ikki bor kuch sinashgandik. O'shanda har ikkala bahsda ham imkoniyatni boy bergandik. SHu bois “Oq-tepa” haqida etarli tushunchaga ega edik, deyishim mumkin.
- “Xorazm” bundan oldin vodiyda ikkita o'yin o'tkazdi. “Qo'qon-1912” va “Andijon” bilan o'tgan o'yinlar xususida nima deysiz?
- “Qo'qon-1912” kuchli jamoa. Tarkibi yaxshi shakllangan. Bu jamoani to'satdan yutdik deya olmayman. Aksincha o'z kuchimiz bilan mag'lubiyatga uchratdik. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. “Andijon” bilan o'yin esa suniy qoplamali maydonda o'tgani bois, yigitlar bunday maydonda o'ynagani qiynaldi. CHunki bungacha biz asosan tabiiy maydonlarda o'ynaganmiz. SHuning uchun “Andijon” bilan o'yinda shogirdlarim biroz qiynalishdi. O'zlarini to'liq ko'rsata olishmadi.
- Davralar oralig'ida bir qator yangi o'yinchilarni tarkibga qo'shib olganingizga guvoh bo'ldik. Ular ishonchingizga qay darajada oqlamoqda?
- Ha, ikkinchi davraga jamoadagi raqobatni kuchaytirishga qaror qildik. Buning uchun “NBU-Osiyo”dan Sobir Mamarahimov, “G'allakor-Avtomobilchi”dan Marat Hoshimov, Solijon Xayrullaev hamda SHahzod Mannonov, “Alanga”dan esa Aziz Jo'raev kabi etakchi o'yinchilarni safimizga qo'shib oldik. Albatta bu o'yinchilarning foydasi katta bo'lmoqda. Umid qilamanki, mavsum oxiriga qadar shunday bo'lib qoladi.
- Tan olish kerak, bugungi kunda birinchi liganing barcha jamoasida o'ziga yarasha moliyaviy muammolar mavjud. Bu borada siz boshchilik qilayotgan “Xorazm”da vaziyat qanday?
- Xudoga shukur, bizda hozircha moddiy muammolar yo'q. Rahbariyat barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Bizdan faqat ishlash talab etiladi. “Xorazm”ni joriy yildan boshlab besh yulduzli mehmonxonada istiqomat qilayotganini aytib o'tishim kerak.
- O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan jamoani yana qachon kuchlilar safida ko'rishimiz mumkin?
- Agarda tarkibimizga etibor qaratadigan bo'lsangiz, bu yil asosan mahalliy yosh futbolchilarni jalb etganmiz. Ulardan umidimiz katta. Yoshlar mana endi ikkinchi bosqichga kelib, yanada o'sishga erishdi deb o'ylayman. Bu yil ushbu yosh futbolchilarni keyingi yilga puxta tayyorlab, shundan so'nggina oliy liga uchun bosh qotira olamiz. Nasib qilsa, elitaga qaytishimiz uzoq vaqtni o'z ichiga olmaydi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика