Manjukich "Milan" bilan 6 oylik shartnoma imzolaydi
17 jan 2021 13:36
Yangiliklar


Manjukich "Milan" bilan 6 oylik shartnoma imzolaydi
Hujumchi Mario Manjukich yaqin vaqtlar ichida "Milan" bilan shartnoma imzolaydi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi bu borada Paolo Maldini bilan uchrashib olgan.
"SHartnoma deyarli imzolangan. U mavsum yakunigacha amal qiladi", - deb yozadi jurnalist tvitterda.
Xorvat erkin agent sifatida "Milan"ga o'tadi. U iyul oyida "Al Duhayl"ni tark etgandi.
Manjukich 2015-2020 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar