Mane tez orada "Bavariya" o'yinchisiga aylanadi
17 iyu 2022 18:53
Yangiliklar
Mane tez orada "Bavariya" o'yinchisiga aylanadi
Hujumchi Sadio Mane "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tadi.
Tomonlar tez orada muzokaralarning yangi bosqichini o'tkazishadi va unda so'nggi tafsilotlar tasdiqlanishi kerak, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Nemis klubi 30 yoshli senegallik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
"Bavariya" endilikda "Liverpul" bilan transfer narxini kelishishi qoldi, shu bilan birga Angliya jamoasi Manening faoliyatini Myunxenda davom ettirish xohishidan xabardor.
Mane "Liverpul"da 2016 yilning iyulidan beri o'ynamoqda. Forvard 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 51ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Fikrlar