Mane mavsum haqida: “Mendan nima bo'lganini so'rasangiz, javob berolmayman"
11 may 2021 20:40
Yangiliklar
Mane mavsum haqida: “Mendan nima bo'lganini so'rasangiz, javob berolmayman"
“Liverpul” forvardi Sadio Mane joriy mavsumdagi ishtirokidan ko'ngli to'lmadi.
“Bu faoliyatimdagi eng yomon mavsum. Buni tan olishim kerak. Agar mendan nima bo'lganini so'rasangiz, javob berolmayman. O'zim ham bilmayman. Ishlar o'ngidan keladimi yoki yo'q, doimo pozitiv bo'lishga harakat qildim. Har doim o'zimni so'roqqa tutaman.
Hatto holatimni tekshitish uchun tibbiy tekshiruvdan o'tdim. To'g'ri ovqatlanyapmanmi yoki barchasi o'zgardimi? Biroq, tahlillar shuni ko'rsatdiki, barchasi joyida. Hayotning past-balandliklari borligini tushunishim lozim. Qattiq mehnat qilishda davom etaman va bu holat vaqt o'tishi bilan unutilishi mumkin”, deydi hujumchi.
29 yoshli senegallik 2020/21 yilgi mavsum “qizillar” tarkibida 44 o'yinda maydonga tushib, 14+4 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar