Mane "CHelsi"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi?
14 avg 2019 13:04
Yangiliklar


Mane "CHelsi"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi?
"Liverpul"ning senegallik forvardi Sadio Mane bo'lajak o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
O'yinchining so'zlariga ko'ra "aristokratlar" APLning ilk turida MYUga 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchrashganiga qaramay yaxshi o'yin namoyish etishdi.
"Men "CHelsi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yinni ko'rdim va aytishi mumkinki London klubi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham, yaxshi o'yin namoyish etdi. Ular juda ko'p vaziyatlar yaratishdi. Biz ularni juda yaxshi bilamiz va g'alaba uchun hamma narsani qilishga tayyormiz.
Men o'yinni asosiy tarkibda boshlashga tayyorman. Oxirgi 7 yil ichida bir yil davomida hech qachon 20 kundan ortiq dam olmaganman. Ammo, men tayyorman", - deydi Mane.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar