Manchini uchun APLning ikki klubi kurashmoqda
12 mar 2021 22:43
Yangiliklar
Manchini uchun APLning ikki klubi kurashmoqda
"Roma" markaziy himoyachisi Janluka Manchini APL top-klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Calciomercato"ning yozishicha, 24 yoshli futbolchi "CHelsi" yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Manbaning xabariga ko'ra, "bo'rilar" futbolchisini 30 mln evrodan kamiga sotib yubormoqchi emas.
Ushbu mavsumda Manchini "Roma" tarkibida 27 o'yinda 5 gol va 2 assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.
Fikrlar