

Saralash guruhida Roberto Manchini shogirdlari Shveytsariyani oldinga o'tkazib yubordi va endilikda "skuadra adzurra" pley-offda ishtirok etishga majbur. Italiyaliklarga jahon chempionatiga chiqish oson bo'lmaydi: pley-offning ilk bosqichida Shimoliy Makedoniyaga, hal qiluvchi bahsda esa Portugaliya – Turkiya juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
"Yevropa chempionati biz uchun juda oson o'tgandi. Endilikda biz biroz qiynalishga qaror qildik", - dedi Manchini.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi.



