Manchini: "G'alaba qozonishimiz shart emasdi"
21 iyu 2021 00:31
Yangiliklar


Manchini: "G'alaba qozonishimiz shart emasdi"
Italiya bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 3-turida Uelsga qarshi o'yin haqida (1:0) fikr bildirdi.
“Biz bundan-da ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo bu havo harorati juda issiq edi va maydonda etarlicha kurash bo'ldi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi.
3-4 nafar futbolchini almashtirganimizda ham jamoa o'zagini saqlab qolish nihoyatda muhim. Jamoada hamma nima qilish kerakligini biladi va yakunda uslub o'zgarib ketmaydi.
Har bir futbolchi asosiy tarkibda o'ynashi mumkinligini isbotladi. Bugun g'alaba qozonishimiz shart emas edi, ammo baribir g'alaba uchun kurashdik. Bu narsa juda muhim", — dedi Manchini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar